Kim birinchi bo’lib saqich chaynay boshlagan?

Nega odamlar chaynaladigan biron narsani chaynashadi? Bu narsa ularga asablarini bo’shatishda yordam beradi. Bugun biz ushbu vositadan tez-tez foydalanib turamiz. Hattoki hali cho’zmasaqich ixtiro qilinmasdan turib, inson tarang asabiyligini bo’shatish uchun nimanidir chaynashni xohlar edi. Shuning uchun ham turli mamlakatlarda odamlar qatron va hattoki barglar va giyohlarni-chaynashgan. Cho’zmasaqichni kauchuk va boshqa cho’ziluvchan materiallardan tayyorlaydilar. Odamlar, mana yuz yildirki, kauchukni chaynashmoqda. Mayyalar va Markaziy Amerikaning boshqa qavmlari ilk oqtanlilar kelishidan ko’pming yillar ilgari ham kauchukni chaynashgan. Yangi Angliyadagi hindular qoraqarag’ay qatronini chaynashardi va Amerika kolonizatorlari ulardan bu odatni yuqtirishdi. XIX asr boshlarida AQShda sotilgan savdoga chiqarilgan birinchi cho’zmasaqich qoraqarag’ay qatronidan tayyorlangan edi. XIX asrning 60-yillarida kauchukdan saqich uchun asos sifatida foydalana boshladilar. Uni chaynash qulay va u bo’ylarni saqlay olar edi. Natijada cho’zmasahichning ommaviyligi ortib bordi. Bugungi kunda chuzmasaqich 20% asosdan, 19% jo’xori siropidan, 60% shakardan va 1% xushbo’y beruvchilardan tarkib topadi. Uni yanada cho’ziluvchan qilish maqsadida aralashmaga 25% gacha sutsimon shira yoki shunga o’xshash moddalar qo’shiladi. Bu mahsulot tropik o’rmonlarda o’sadigan daraxtlardan olinadi. Daraxt tanasida kesik qilinadi va sutsimon shira idishlar konteynerlarga sizib toma boshlaydi. Shirani jamlaydilar, qaynatadilar va unga kubiklar shaklini beradilar. Cho’zmasaqich tayyorlash uchun asosiy tarkibotlarni yaxshilab yuvadilar, yanchadilar, sterilizasiyalaydilar va aralashtiradilar. Aralashtirish qozonida obdon qizdirishdan keyin jo’xori siropi, shakar va xushbo’y beruvchi ziravorlar qo’shiladi. So’ngra tayyor aralashmani dumaloq holga keltiradilar va taxtacha yoki kubik shaklida kesishadi. Yalpiz va sadadan olinadigan efir moylari asosiy xushbo’y beruvchilar sanaladi. Cho’zmasaqichning bitta taxtachasi 9 kaloriyagacha quvvatga ega bo’ladi.