Kiyim
Kiyim — inson tanasini tashqi muhit (iqlim, ob-havo o’zgarishlari, quyosh nuri va b.) ta’siri va turli mexaniq ta’sirlardan asraydigan vosi- talar to’plami; estetik vazifani baja- radi hamda jins, yosh, milliylik va b. xususiyatlarni o’zida aks ettiradi. Keng ma’noda «K.»tushunchasi bosh K.lar, oyoq K.lar (poyabzal), qo’lqop va b.ni ham o’z ichiga oladi. K. turiga ko’ra — ichki K., ustki K., bosh K.lar, oyoq K.lar (poyabzal); vazi- fasiga ko’ra— kundalik, uyda, dam olish paytida, bayram va to’y marosimlarida kiyiladigan (kishilik) K.lar, ish K. (jomakor), sport K., rasmiy K. (forma) lar, maxsus K.larga bo’linadi; ayollar, er- kaklar va bolalar K.lariga ajratiladi. Kundalik K., odatda, xalqning mada- niyati, kishining didiga mos bo’lib, tur- li modada, turli xil matolardan tikila- Di; unda kasb, etnik va ijtimoiy guruhga mansublik o’z ifodasini topadi. Dam olish paytida kiyiladigan K. yumshoq va mayin matodan, erkin harakat uchun qulay qilib tikiladi. Bayram, marosim (kishi- lik) K.lari milliy uslubda, qimmatbaho matolardan tayyorlanadi, turli bezaklar (kashta, munchoq va b.) b-n boyitiladi. Ish K.i (jomakor) oddiy matolardan mehnat jarayoniga mos qilib tikiladi (mas, o’t o’chiruvchining ish K.i o’tga chi- damli brezentdan, baliqchilarning K.i suv o’tkazmaydigan matodan tikiladi, traktorchining ish K.i kombinezondan, tibbiyot xodimi, sartarosh, oshpazlar- ning ish K.i asosan, oq xalatdan iborat va h.k.). Sport K. jismoniy tarbiya va sport b-n shug’ullanish uchun qulay qilib tikiladi. Rasmiy K. (forma) harbiy K., matros, milisioner, aloqachi va rasmiy kishilar (prokuror va b.)ning maxsus Nizomda belgilangan K.lari. Maxsus K. homilador ayollar, bemorlar va b. kiya- digan K.lar. Bolalar K . i rang-barang pishiq matodan qulay qilib tikiladi, ular turli qo’shimchalar b-n uqa, jiyak, kashta tikib, quroq usulida bezatiladi. K. ixcham, iqlim va faslga, jins, yoshga moslashtirilgan, eng muhimi qulay bo’lishi, kishiga yarashib turishi lozim. K.ni bichish va tikish katta san’at. K. ti- kish uchun oldin tabiiy (paxta, jun, jut, ipak) yoki sun’iy (sintetik) matolardan tanlanadi, tikuvchilar uyda, atelelar va f-kalarda K. tikishadi. Buning uchun avval matoni bichib olish kerak. Bu ishni bichiqchi bajaradi. O’nga modeler ras- som K. rasmi (modeli)ni chizib beradi. Xullas K. bitib magazinga tushguncha bir necha kishi mehnat qiladi. Engil sanoat, xususan, to’qimachilik sanoatining jadal rivojlanishi kishi- lar didining tinimsiz o’sib borishi, xalqlar orasidagi aloqalarning ku- chayishi K. modasining tez-tez o’zgarib turishiga olib keladi; hayot ham shuni taqozo qiladi. Ayniqsa, ayollar K.lari modasi tez-tez o’zgarib turadi. Hozir K. inson tanasini tashqi ta’sirlar- dan asraydigan vosita bo’lish b-n birga o’ziga va atrofdagilarga estetik zavq bag’ishlaydigan badiiy san’at asariga ham aylanib bormokda. K. tikishda tur- li-tuman bezak materiallardan, kashta- lardan foydalaniladi. K. inson yaratgan turar joy kabi eng qad. ixtirolardan; so’nggi paleolit davridayoq mavjud bo’lgan K. geografik muhit, xo’jalik shakli, ijtimoiy muno- sabatlar, madaniyat, etnik qatlamlar va b.ga bog’liq holda taraqqiy etgan. Pale- olit davri yodgorliklari orasida terini ishlaydigan tosh va tikadigan suyak igna- lar topilgan. K. uchun matodan tashqari barglar, o’tlar, daraxt po’stloqlari ham xom ashyo vazifasini o’tagan. Ib- tidoiy odamlar hay-von terilari, da- raxt po’stloklari va barglarini suyak va hayvon shoxidan ishlangan «ignalar» b-n shunchaki chatib, badanlariga «ilib» olishgan. Neolit davrida ip yigirish va mato to’qish san’atini o’zlashtirgan in- son K.tikishda dastlab yovvoyi o’simlik tolalaridan foydalangan, chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi mato tayyorlash uchun uy hayvonlarining juni va madaniy o’simliklarning tolalaridan foydalanish imkonini berdi. Barcha K. turlari 2 boshlang’ich ko’rinishdan — el- kaga tashlab qo’yiladigan teri, o’t, barg va parlardan to’qilgan yopqich va bel(boksa) bog’lamlari (belbog’) dan rivojlanib shakllangan. Keyinchalik yopqichlar yopinchiq(plashch), ko’ylak, kaftan kabi, bel bog’lamlari ishton, yubka, fartuk kabi turli xil shakllarga ega bo’ldi; shippak yoki oyoqni o’rab turgan bir par- cha hayvon terisi eng sodda qad. Poyabzal turi bo’lgan, shuningdek, poyabzal uchun daraxt po’stlog’i va daraxtdan ham foyda- lanilgan. Estetik xususiyatlarga ega dastlab- ki K. Qad. Misr K.laridir. Qad. Misr- da erkaklar (bellariga mato yoki teri bog’lagan) va ayollar (bog’ichli to’g’ri ko’ylak) K.larida burma (drapirovka)lar qo’llanilgan; keyinroq nozik mato i.ch.ga erishilgach, plissirovka keng tarqalgan. Turli rangdagi nozik matodan tayyorla- nib kashtalar b-n bezatilgan K.ni, odat- da, hukmron tabaqa vakillari kiygan, qullar dag’al mato yoki teridan tayyorlan- gan K. kiygan. Qad. ossuriyaliklarda uzun ko’ylak va hoshiya bezakli yopinchiq rasm bo’lgan. Yunonlar xiton (engeiz ko’ylak), tunika (kalta engli ko’ylak), gimatiy (yopinchiq) kiyishgan, bu K.lar inson qiyofasiga ulug’vor soddalik baxsh etgan, inson tanasining egiluvchanligini kur- satgan (ular, asosan, oq jun va kanop ma- tolardan tayyorlangan), to’g’nog’ich, belbog’ va b. b-n boyitilgan. Oyoq K. vazifasi- ni boldirni o’rab turadigan tasmali shippaklar bajargan. Qad. Rim K.i ham yunonlarniki kabi burmali bo’lgan. Er- kaklarning asosiy ustki K.i tog’a (yarim aylana yoki oval shaklidagi mato bo’lagi) bo’lgan. Erkak va ayollarning ichki K.i va-zifasini tunika bajargan, ayollar uning ustidan stola(xiton ko’rinishidagi keng uzun K.) va palla (gimatiyga o’xshash) kiyishgan. Vizantiyada diniy tarkidunyochilik ta’sirida K. qat’iy, qomatni yashirib turadigan shaklga ega bo’lib, mato (parcha, shoyi) qalin, og’ir, yirik gulli bo’lgan. 14-15-a.larda G’arbiy Evropada chiz- machilik ilmining taraqqiyoti hozirga qadar mavjud bo’lgan andazalarning bar- cha turlarini yaratilishini ta’minladi, matolarning nafisligi, iplarining joylashishi bichishni mukam-mallash- tirdi. Bu yutuqlar K.ni aniq loyihalash va qomatga mos nafis K.ning paydo bo’lishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Xalqlar o’rtasida iqtisodiy aloqalarning kengayishi natijasida K. bichimlari bir mamlakatdan ikkin- chisiga tarqalgan. Mac, 11 — 14-a.larda G’arbiy Evropaga frantsuz, 14— 16-a.lar- da Flandriya va Burgundiya, 16-a. 2-yarmi- dan ispan, 17-a. 2-yarmidan yana frantsuz modalari tarqalgan. Rus zodagonlari Sharqda tayyorlangan zarboft, kimxob to’nlar, zardo’zi telpak va b. buyumlarni juda qadrlashgan (mas, Monomax telpa- gi). 14-a.da K. taraqqiyotiga ma’lum dara- jada me’morlik va tasviriy san’atdagi uslublar ta’sir etgan. Mac, 10— 12-a. larda G’arbiy Evropada K. bichimida ro- man uslubi aks etgan, ya’ni uzun ko’ylak va elkaga tashlab yuriladigan yopinchiq urf bo’lgan; 12-15-a.larda gotika uslu- bida tikilgan kalta va tor K. kiyishgan. Uyg’onish davri (15-16-a.lar) da kalta, lekin keng bichimdagi K. rasm bo’lgan, 16— 18-a.larda barokko, 18-a. da Roko- ko uslubidagi, ya’ni murakkab bichimli K.lar kiyila boshlangan. K. to’r, burma, bantiklar b-n bezatilgan. 18-a. frantsuz inqilobi davrida yuzaga kelgan erkaklar libosi Evropa erkaklar K.ini shaklla- Nishida muhim rol o’ynadi. 19-a.da Yago- na Evropa K.i shakllanishi yakunlandi, 19-a. 2-yarmidan K.larni ommaviy i.ch. natijasida quyi qatlamlar orasida ham yangi modali K.lar keng tarqaldi. Angliya erkak K.i yaratishda etakchi bo’lib qoldi. 20-a.da texnika taraqqiyoti va o’nga bog’liq holda o’zgargan hayot tarzi, tikuv- chilik sanoatining o’sishi K. tarixida yangi davrni ochib berdi, avtomobil va motosiklda yurishning keng tarqalishi tufayli erkaklar K.ida o’zgarishlar ro’y berdi: kalta shim, kurtka, rangli ko’ylak, bosh K. — Keplar paydo bo’ldi. 20-y.lar- dan erkaklar yagona bichimdagi K. kiya boshladi. 50-y. lardan erkin harakatga qulay bo’lgan K. yuzaga keldi, ancha engil va shaklan nafis K. yaratildi, englari yaxlit bichimli ko’ylaklar, pochasi tor shimlar paydo bo’ldi, sport K.lari keng tarqaldi. Ayollar K.ida 20-a. 10-y.lar K. shakli- dagi bejamdorlik, chiziklar va bezak- dagi asimmetriya yo’qoldi, ko’ylaklarda elastik matolarning erkin bur-malari b-n hosil qilinadigan chiziqlarning oquvchanligi paydo bo’ldi. Urush yillarida kundalik K. — yubka va bluza bo’lib, ko’ylaklar kaltalash- Di. Bu K.da paypoq muhim o’rin tutdi. 30— 40-y.larda nozik shaklda (egri ip yo’nalishida bichilgan mato qomatga mos yotadi) qarbiy K. xususiyatlari (elkaning keng va balandligi bo’rttirilgan va b.) ko’zga tashlanadi, poyabzal qalin taglik- ka (platformaga) ega bo’ldi; 50-y.larda ayollar K. ida uslubiy o’zgarishlar ro’y berdi: qat’iy shakldan mayin oquvchan chiziqlarga ega bo’lgan yangi bichim yara- tildi; engi b-n yaxlit bichimli qomatga mos K.turi (beli va yubkasi tor ko’ylak) va uchli, nafis va ingichka poshnali poy- Abzal yuzaga keldi. 60-y.lar boshida yub- kalar o’rnini eg’allay boshlagan shimlar keng tarqaldi. 60-y.larda oyoq K.da o’zgarishlar ro’y berdi: sport uslubidagi keng va o’rtacha baland poshnali poyabzal paydo bo’ldi. Qishki poyabzallardan etiklar keng tarqaldi. 60-y.lardan erkak va ayollar K.idan yoshlar libosi ajralib turadi: o’smir yigit va qizlar K. bi-chimining o’xshashligi deyarli bir xil bo’lgan buyum- lar yaratishga olib keldi. 70-y.lardan K. turi va uning shak- llari juda rang-baranglikka ega. Mode- lerlar ana shu xilma-xillikda ayrim qismlarni uyg’unlashtiruvchi o’ziga xos- likni ko’radilar. K. modelini yaratishda zamonaviy K.larni loyihalash markazi shakllan- gan Frantsiya etakchi o’rin eg’allaydi (g. Shanel, K. Dior, P. Karden va b.). 20-a. 2-yarmidan Angliya (M. Kuant), Italiya (opa-singil Fontanalar, Valentino), shuningdek, AQSh, Yaponiya va b. fir- malar ular b-n erkin raqobatlashadi. ‘ MDH hududida matodan tikilgan K. neolit davridan ma’lum. Mil. AV. 1-ming yillikda skif-sarmat qabilalarining erkaklari ko’ylak va kaftan, uchli qalpoq, etik, ayollar keng ko’ylak, ustki (yopinchiq) K. kiyishgan. Rus, ukrain va beloruslar to’g’ri bichimli uzun ko’ylak, kamzul, po’stin, mo’ynali qal-poq, etik, piyma, boshmoq, lapta (chipta kavush) kiyishgan. Kavkazliklar (arman, gruzin, Ozarbayjon) uzun ko’ylak, cherkaska (kam- Zul), Burka, papaxa, ayollar beligacha tor, etagi keng ko’ylak, ixcham qalpoqcha kiyib, yupqa ro’mol o’rab yurishgan. O’rta Osiyo xalqlari to’g’ri bichimli uzun ko’ylak, yak- tak, chopon, do’ppi, salla, ro’mol, mo’ynali qalpoq, mahsi, kavush, etik vab. K. kiy- ishgan. O’zbek milliy K.i. O’zbekiston hududida mahalliy K. qadimdan iqlim, turmush sharoitlari va urug’-qabila an’a- nalari asosida shakllangan. Respublika hududidan topilgan arxeologik yodgorli- klar, devoriy rasmlar, yozma manbalar, qo’lyozma kitoblarga ishlangan mo»jaz tasvir (miniatyura)larda o’zbek milliy K.ining boy tarixi namoyon bo’ladi. Sharq Uyg’onish davrida barcha sohalarda bo’lgani kabi liboslarga tus berishda ham g’oyat ilgarilab ke- tilgan. Kishi qomatining go’zalligini aniq ko’rsatadigan beli qisma liboslar tarqalgan. Biroq K.ning kishi qomatiga qarab bichish usuli bu erda uncha ri- vojlanmagan. K. shakli estetik ideal, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, xususan, din, axloq b-n chambarchas bog’liqdir. 19-a. K.lari (to’n, ko’ylak, yaktak, cho- pon va b.) keng, uzun, yaxlit bichimi, odam qomatini berkitib erkin to’kilib tu- rishi kabi qad. xususiyatlarni saqlagan. Qishki va yozgi, erkak, ayol va bolalar K.lari bir xilligi, shakli va bichimi yaqinligi b-n ajralib turadi: oq yoki malla bo’zdan ko’ylak, qalami yaktak yoki to’n, olachi chopon, do’ppi o’zbek erkakla- ri uchun, ayollar uchun keng ko’ylak, uzun lozim, nimcha, kaltacha asosiy milliy K. hisoblangan. Turmushga chiqmagan o’zbek qizlari b-n ayollari K.lari bichimida ayrim tafovutlar bo’lgan. Mas., qizlar ko’ylagi yoqasi ko’ndalang ochilib, chetla- riga boshqa rangli matodan o’qa yoki jiyak hoshiya tikilgan; ayollar ko’ylagi yoqasi taxm. 25 sm uzunlikda bo’ylama ochilgan. O’rta Osiyo Rossiyaga qo’shib olingach, tik yoqa (no’g’oy yoqa)li ko’ylaklar paydo bo’ldi (Zarafshon vodiysida qozoqi ko’ylak deb yuritilgan). Yosh juvonlar birinchi Far- zandlarini tuqqunlariga qadar parpara yoqali (yoki jimjima tik yoqali) ko’ylak kiygan. 19-a. oxirlarida ko’krak Burma ayollar ko’ylaklari paydo bo’ldi, bunday bichimli ko’ylaklar hozir ham milliy K. sifatida asosiy o’rin tutadi. Erkaklar to’g’ri bichimli ko’ylak, yak- tak, to’n, chakmon kiygan. To’nlar avra- astarli yoki paxta solib qavilgan, oldi ochiq, uzun bo’lgan. Astarli to’nlar ba’- zi xrllarda kalta va keng englik qilib ham tikilgan. To’nlar avrasi beqasam, kimxob, Baxmal, shoyi, qora satin, chit va b. matolardan, astari chit yoki satin- dan tikilgan. Turli viloyatlarda turli- cha to’nlar kiyilgan. Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va b. joylarda to’nlar qimmatbaho matolardan tikilib, yokasi, etagi, eng uchlariga turli xil rangda- gi zar iplarda kashta tikib, atrofla- riga toshlar qadab bezatilgan. Bunday to’nlarni xon va amirlar boy va amaldor- larga yaxshi xizmatlari Eva-ziga in’om etishgan. Umuman hurmatli kishilar — ustozlar, qudalar, kuyovlar va sh.k.ga to’n kiygazish udumi hoz. ko’ngacha saqlangan. Aslzodalarning bayram K.larida belbog’ — kamarlari to’qali, baxmaldan tayyorlangan yoki zardo’zi kashtalar b-n tikib bezatilgan. Kundalik K.lar usti- dan uzun Qo’shoq va chorsi qiyiklar b-n bog’langan. Erkaklar ishtoni keng, uzun bo’lib, pochasi tomon torayib borgan. Bosh K.lardan do’ppi, kuloh kiyilgan, ustidan salla o’ralgan, (aslzodalarning bosh K.lari zar va kumush iplar b-n bez- atilgan). Qish faslida mo’ynali telpa- klar kiyishgan. O’zbek xalqi orasida eng ko’p tarqalgan engil bosh K. do’ppidir. Aso- san, Baxmal, sidirg’a shoyi, satin kabi matog’a ip, ipak, zar b-n kashta tikib tay- yorlangan. Oyoq K.laridan uzun qo’njli, poshna- siz, tag charmi yumshoq bo’lgan kavush b-n kiyiladigan mahsi, zodagonlar orasi- da uch qismi qayrilgan baland poshnali etik kiyish urf bo’lgan. Ayollar K.lari ko’ylak, lozim, kamzul, nimcha va sh. k. to’g’ri bichimli bo’lgan. Ayollar lozimi keng, uzun, past (pocha)ga tomon torayib boruvchi shaklda bo’lib, ochiq rangli matolardan tikilgan. Lo- zimning pochasi jiyaklar b-n bezatilgan. Kelinchaklar o’zgacha jiyak taqishgan. Bosh K. sifatida asosan ro’mol o’ralgan. Yoshi va mavkeiga, oilaviy ahvoliga qarab turli xil ro’mol — doka ro’mol, shol ro’mol, g’ijim ro’mol va b. xil ro’mollar o’ralgan, o’ralish usuli ham turlicha bo’lgan. Qizlar uchun qulay bosh K. do’ppi hisoblangan. Do’ppilardan iroqi chor- gul, yo’rmado’zi, munchoq gulli, zardo’zi, iroqi do’ppilar mashhur. Bosh K.lari ustidan chiroyli naqshlar b-n bez- atilgan tillaqosh, bo’yinga ularga mos bo’yintumor, zebigardon, qo’lga bila- guzuk, uzuk va b. taqinchoqlar taqilgan. Ayollar odmi matodan tikiladigan, ayol qomatiga yopishib, ko’ylak etagidan bir oz yuqoriroq turadigan avra-astarli pax- talik chopon ham kiyishgan. Choponning yoqa o’ymasi chuqurroq, bag’ri tugmachasiz bo’lgan. Ayollar shariatga ko’ra, begona kishilardan o’z yuzlarini yashirishgan. Shuning uchun ular chodra, keyinchalik Pa- ranji yopinishgan. Bolalar K.i, asosan, kattalar K.i shaklini takrorlaydi. Chaqaloqning bi- rinchi K.i «chilla ko’ylak» bo’lgan. 2-3 yoshidan boshlab ko’ylak-ishton, choponcha kiydirilgan. Bola 6-7 yoshga kirgandan so’ng uning K. i kattalar K. i bichimida tikilgan. Ayrim urug’, tuman, viloyatlar- ning K.lari (do’ppi, ro’mol, chopon va b.)da va uning bezaklarida ham farq bo’ladi. Viloyatlardagi aholining kun- dalik K.larigina emas, bayram K.lari ham farqlangan. Zarafshon vodiysi ayollarining yalang qavat delegay, rum- chasi, toshkentliklarning mursagi, Shahrisabzning kaltachasi bayram va tantanalarda kiyiladigan kishilik li- boslari hisoblangan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida qariyb barcha viloyatlarda kamzul, nimcha urf bo’ldi, biroq turli viloyatlardagi xotin-qizlar ularni o’ziga xos bezaklar b-n boyitishgan. Hoz. takomillashgan K.larda ham mana shu o’ziga xoslikni farklash mumkin. 19-a.ning 80-y.larigacha K.lar to’g’ri bichimli shaklni saqlagan. K. shakllari milliy yo’l-yo’l, sidirg’a va gulli mato- lar b-n moslashgan, oldi, etagi, eng uchi, yoqasi gulli jiyaklar b-n hoshiyalangan. 80-90-y.larda boy xonadonlarning K.larida qomatga moslab bichish kabi nafis o’zgarish kuzatiladi. Shu davrda urf bo’lgan burama (koketkali —ko’krak burma) ko’ylaklar hoz. kunda ham barcha o’zbek ayollar ko’ylagining asosini tash- kil qiladi. Shuningdek, rus va tatarlar K. i ta’sirida bichimning qomatga mos shakli yuzaga keldi, bichim murakkablash- Di, biroq keng omma orasidagi K. shakli kam o’zgarishlarga uchradi, avvalgidek er- kin to’g’ri bichimli shakl saqlanib qoldi. O’zbek milliy K.lari bichimi, asosan, 3 turga bo’lingan: Buxoro — Samarqand; Farg’ona — Toshkent; Xorazm turlari. Bu turlar bichimining keng-torligi, engining uzun-qisqaligi va b. b-n bir- biridan farq qiladi. 20-a.ning 20-30-y.larida K. bi- chimi o’zaro bir-biriga yaqin bo’lgan 2 yo’nalishda o’zgarib bordi. O’zbekiston shahar va qishloqlarida evropacha bi- chimda tikilgan K.-bosh rasm bo’la bosh- ladi. Milliy K.ga Evropa K. xususiyat- larining kiritilishi milliy ko’ylakni shim b-n, ayollar ko’ylaklarini nimcha b-n kiyilishiga olib keldi. K.dagi avvalgi uyg’unlik yo’qoldi. Bu tarixan hayot sha- roitininng o’zgarishi va ommaviy sano- at i.ch.ning hunarmandlikdan ustunli- gi tufayli kelib chikdi. Shu b-n birga qadimdan iqlim va ijtimoiy hayot sharo- itlari belgilagan milliy K. shakllari ham o’sib bordi. Milliy bichimdagi K.lar qomatning nisbatlariga yaqinlashdi, ayol ko’ylaklari torayib va kaltalashib bor- Di, ilgariroq yuzaga kelgan ko’krak Burma (koketkali) va qaytarma yoqali ko’ylaklar hayotga muqim kirib bordi, engi kalta- lashdi. Ro’mol b-n bir qatorda bosh K. si- fatida chiroyli do’ppilar keng tarqaldi. Erkaklarning ish K. ida ham o’zgarishlar bo’ldi. Umuman olganda, ommaviy milliy K. tarkibiga kura soddaroq va chiroyli bo’lib bordi. 40-50-y.lar boshida K. san’ati- da avvalgidek 2 yo’nalish kuzatiladi. K.ning umum Evropa shakli qomatning qat’iyligi va nisbatlar munosabatining umumiyligi b-n belgilandi: erkaklar K.ini to’g’ri elkali qomatga moslangan pidjak, keng shimlar, ayollar ko’ylagini to’g’ri elkali erkin kesma lif, etakka to- mon kengaygan yubka tashkil etdi. 50-y.larning o’rtasida K.ni model- lashda yangi xususiyatlar yuzaga keldi. K. qomatga to’lig’icha moslandi, qomatga mayin yopishib, oquvchan qomat chizig’ini hosil qildi. Biroqumumiy yo’nalish b-n birga milliy K. ham urfdan qolmadi. Uning o’ziga xosligi shaklida va mil- liy mato koloritida namoyon bo’ldi. Bu jihatdan ayollarning keng yozgi ko’ylagi va erkaklarning ishchi K.i diqqatga sazo- vor. Keksa odamlar orasida to’nning sa- klanib qolishi an’anaviy tus oldi. Mo- dellar uyining ishga tushishi (1949) b-n andazalash san’ati yuzaga keldi. Mil- liylikni saqlagan holda K.ning umumiy shakli yil sayin keng tarqala bordi. O’zbek K.i rang-baranglikka ega. Unda 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida yaratil- gan milliy K. turlarini, shuningdek, eng so’nggi andazadagi K. larni bab- baravar ko’rish mumkin. 60-y. lardan an-dazalarni rejalash boshlandi. Ras- somlar b-n hamkorlikda K.ni model- lash va loyihalash, andazalash san’ati taraqqiyoti yangi yo’ldan bormokda. Moda yo’nalishi modeler rassomlar- ning eng yaxshi yutuqlariga, asosan, yil- ning ma’lum mavsumini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Turli kasbdagi kishilar uchun qulay ishchi K. i yaratishga katta ahamiyat beriladi. O’zbek modeler rassomlari yangi sharoitga to’g’ri keladi- gan ifodali K. shakllari ustida izlan- mokda. Shuningdek, xalq orasida muqim saqlangan an’anaviy milliy K. shakli ustida ham ishlanmokda. 20-a. Boshida yuzaga kelgan yangi shaklli ayollar ko’ylagi ayrim qismlaridagina o’zgardi. An’ana- viy milliy K.ning saqlanib qolishida tabiiy iqlim sharoitiga mosligi, har bir ayol uchun ijro usulining qulayligi, bichimining soddaligi, tikilishining osonligi muhim rol o’ynaydi. O’zbek modeler rassomlari ishlarida andaza- lashda milliylik va baynalmilal xusu- siyatlar o’z uyg’unligini topmoqda. Ad.: Sodiqova N. S, O’zbek kiyimi, T., 2002; zanyatiya i bit narodov Sredney Azii, L., 1971; Abdullaev T. A., Xasanova S. A., Odejda O’zbekov (XIX — nachalo XX v.), T., 1978; kostyum narodov Sredney Azii, M., 1979; Suxareva O. A., Istoriya sredneaziatskogo kostyuma. Samarqand (2-Pol. 19 – nach. 20-v.), M., 1982; Raxi- Mova 3. I., Sredneaziatskiy jenskiy kostyum na miniatyurax Maverannaxra XVI—XVII v. (Kultura Srednego Vos- toka), T., 1990; Underova L. V., O’zbekskaya narodnaya odejda kontsa XIX-XX v., T., 1994. Sayyora Mahkamova.