Kobalt

Kobalt (Cobaltum), Co — mende- leev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 27, at.m. 58,9332. K. metalini ilk bor 1735 y.da shved kimyogari yu. Brand ru- dalardan ajratib olgan. Uzoq, vaqtgacha K.ni rudadan ajratib olish mumkin bo’lmagan, shuning uchun Kobold deb atal- gan (nem. Kobold tog’va konlarda yashaydi- gan jin demakdir; metall K. nomi shun- dan olingan). Tabiatda 2 ta barqaror izotopdan tashkil topgan: 59so (99,83%) va 57so (0,17%). Oksidlanish darajasi +2 va +3, goho +1, +4 va +5; sun’iy radioaktiv izo- toplaridan I1so(T]/2=5,27 y.) muhim ahamiyatga ega. Poling bo’yicha elektro- manfiyligi 1,9; atom radiusi 0,125 nm. K. massa jihatidan er po’stining 4-10~3% ini tashkil qiladi, ocean suvlaridagi mikdori 0,005 mg/l. 30 ga yaqin minerallari bor. Eng muhimlari: karrolit CuCo2S4, linneit Co3S4, ko- Baltin CoAsS, safflorit (CoFe)As2, skutterudit CoAs3, shmaltin CoAs2, absolin Co3O4-mMnO2 pn2o, eritin Co3(AsO4)2-8H2O, Sfero-kobaltit Soso3 va h.k. Sof. K. rudalari juda kam. K., asosan, mis, nikel, kumush, temir, margimush, marganes b-n birikma holida uchraydi. K. — kumushsimon oq, qizg’ish- ochsariq rangda tovlanadigan metall. Suyuqlanish t-rasi 1494°, kaynash t-rasi 2960°, zichligi 8,90 g/sm3. Ferromagnit xossasiga ega. Brenel bo’yicha qattiqligi 470-1230 MPa. Zichjoylashgan K. havo ta’siriga chidamli, 300° da oksid parda b-n qoplanadi, kukun holdagi K. havoda o’z-o’zidan alangalanadi. Suv, ishqor, karbonat kislota b-n reaktsiyaga kirisha- Di. Ftorid kislota hatto qizdirilganda ham unga ta’sir qilmaydi, tutunlanuvchi nitrat kislota K.ning faolligini Su- saytiradi (oksidlaydi). Oddiy xarorat- da galogenlar (G’dan tashqari) b-n birik- malar hosil qiladi. O’yuvchi ishqorlar K. eritmalariga ta’sir ettirilganda havorang so(on)2 cho’kmaga to’shadi, havo ta’sirida esa u so(on)3 ga o’tadi. K. anorganik va organik birikmalar b-n 2 va 3 valentli kompleks birikmalar, ko’pgina metallar b-n qotishmalar hosil qiladi. K. metalini K. rudalaridan AJ- ratib olish uchun dastlab rudalarni OK- sidlovchi sharoitda maxsus pechlarda kuy- dirib eruvchan holga o’tkaziladi. K.ni boshqa metallardan tozalash uchun kimyo- viy va gidrometallurgiya usullaridan foydalaniladi. Oxirgi mahsulot sifa- tida So3O4 olinadi. Uni ko’mir, vodo- rod, so kabi qaytaruvchilar ishtirokida qaytarib yoki alyumotermiya va elektroliz usullari b-n metall holidagi K. olina- Di. Hoz. ajratib olinayotgan K.ning tax- minan 65%i maxsus qotishma va po’latlar, 10%i katalizatorlar, 10%i pigmentlar tayyorlashda qo’llaniladi. K. birikma- lari rangli shishalar, keramika, orga- nik sintez uchun katalizatorlar olish- da, neft va ammiakni tozalashda, moy bo’yoqlarni quritishda, chiroyli va turg’un emal va bo’yoqlar, yarimo’tkazgichlar (CoSb2, CoSb3) va o’ta kesgich asboblar tayyorlashda ishlatiladi. So’nggi yillar- da radioaktiv 60so («kobalt lushkasi») tibbiyotda saraton kasalligini davolash- da qo’llanmokda. Hayvonlardagi anemiya kasalligiga qarshi kurashda ham K.dan foydalaniladi. Ad.: Bolshakov K. A., Ximiya i texno- logiya kobalta, M., 1981; Borbat V. F., Volkov V. I., Kaza Nekiy L. A., Proiz- vodstvo kobalta iz sulfidnix Rud, M., 1983; Axmetov N. S Obtshaya i neorganiche- skaya ximiya, M., 1998. Saidjamol Eshonxo’jaev.