Kolit

Kolit (Yun. kolon — yo’g’on ichak), qo’lunj — yo’g’on ichakning yallig’lanishi. Ko’pincha yuqumli kasalliklar (Di- zenteriya, paratif), shuningdek, ovqat mahsulotlaridan zaharlanganda, ichak faoliyatining nerv orqali boshqarilishi izdan chiqqanda, ba’zan gijjalar ta’si- rida kelib chiqadi. K.ga sanoatda ish- latiladigan zaharli moddalar (simob, margimush, sulema, organik moddalar), ba’zi kasalliklarda organizmda hosil bo’ladigan toksinlar (intoksikasion K.) sabab bo’ladi. Antibiotiklar va b. dori- larni nazoratsiz qabul qilish oqibatida ham K. yuzaga keladi. O’tkir va surunkali K. farq «qilinadi. O’tkir K. to’satdan boshlanadi, qorin dam bo’ladi va to’tib- tutib og’riydi, ich ketadi, u, ko’pincha, shilliq, yiring yoki qon aralash, achimsiq hidli bo’ladi. K.ning infektsion xilida bemor darmonsizlanadi, og’zi quriydi, ko’ngli ayniydi, harorati 39-40° gacha ko’tariladi. O’tkir K. o’z vaqtida qunt b-n davolatilmasa, surunkali K.ga ay- lanadi. Surunkali K.da kasallik dam zo’rayib, dam pasayib turadi. Kasallik- ning zo’rayishiga yo’g’on ichakka ta’sir qiluvchi taomlar (to’zlamalar, achchiq va nordon narsalar) iste’mol qilish, jis- Moniy va ruhiy toliqish, hayajonlanish, quyosh tig’ida turib qolish, badanning qizib ketishi, ovqat hazm qilish yo’llari boshqa kasalliklarining avj olishi sabab bo’ladi. Bunda suyuq ich ketishi qabziyat b-n almashinib turadi, axlat b-n ko’p miqdorda shilimshiq ajralib chiqadi. Bemorning ishtahasi yo’qoladi, holsizlanadi va salga toliqadi, ozib ketadi, vitamin etishmovchiligi va b. holatlar kuzatiladi. Yo’g’on ichakda yuza-kataral yallig’lanishdan to yarali yallig’lanishgacha bo’lgan o’zgarishlar ku- zatiladi. Kasallikning oldini olish- da ichak infektsiyasini bartaraf etish, ovqatlanishni maromida olib borish, shuningdek, ichak kasalliklarini o’z vaqtida davolatish muhim. Me’da-ichak shillik qavatiga ta’sir etuvchi zaharli moddalar (mas, qo’rg’oshin) b-n ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoidalariga to’la amal qilish va vaqt-vaqti b-n vrach na- zoratidan o’tib turish kerak. D a v o s i . Kasallikning turi va kechishiga qarab davo buyuriladi. Parxez taomlar, dori- darmonlar, fizioterapiya, me’da-ichak kasalliklariga ixtisoslashgan davola- nish maskanlaridan foydalanish tavsiya etiladi.