Kolloid eritmalar

Kolloid eritmalar, zollar -zarrachalarining o’lchami 1 nm dan 100 nm gacha bo’lgan yuqori dispers sistema- lar. K.e. gazeimon (tutun, budut, tuman), suyuq (emulsiyalar) va qattiq (aralash- malar, qattiq kolloid eritmalar, rangli shishalar) holatda bo’ladi. K.e. mono – va polidispers holatlarda bo’ladi. Mono- dispers holatdagi K.e. faqat sintetik yo’l b-n olinishi mumkin. Polidispers K.e. 2 usulda olinadi: yirikroq zarracha- larni maydalash (dispergasiya usuli) va molekula yoki ionlardan yirikroq zar- rachalar hosil qilish, ya’ni agregatlash (kondensasiya usuli). Dispergasiya usulida K.e. hosil qilish uchun qattiq jism stabiliza- tor b-n birga kukun qilib maydalanadi yoki elektr yohud ultratovush yordamida suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi. K.e.ni kislota, asos va to’zlardan toza- lashda dializ, ultrafiltrlash, elek- trodializ, ultratsentrifugalash usul- laridan foydalaniladi. K.e. juda kichik osmotik bosim, suet diffuziya va Broun harakatiga ega. Zarra- chalar zaryadli bo’lganligi tufayli, ular elektroforez jarayonida elektrod tomon harakat qiladi. O’ta yuqori disperslikka ega bo’lgan K.e. zol deb ataladi. Zollarni nomlash- da dispersion muhitni hosil qiluvchi modda asos qilib olinadi: dispersi- on muhit suv bo’lsa, gidrozol, organic modda bo’lsa, organzol, keyingilari kimyoviy tarkibiga ko’ra benzozol, al- kozol va b. deyiladi. Agar dispersion muhit gaz bo’lsa, bunday zol aerozol, suyuq dispersion muhitga ega bo’lgan zol- lar esa liozollar (Yun. lios — suyuqlik) deb ataladi. Dispers faza zarrachalari b-n dispersion muhit zarrachalari ora- sidagi bog’lanishga qarab, K.e. liofob va liofil zollarga bo’linadi. Liofob zol- larga dispers platina, kumush, oltingu- gurt zollari misol bo’la oladi. Liofil zollarda esa bu bog’lanish kuchli bo’ladi, ularga oqsil, jelatina, pepsin va yuqori molekulyar moddalarning eritmalari ki- radi. K.e. sanoat, q.x. va tibbiyotda muhim rol o’ynaydi. Barcha tirik organizmlar to’qimalari va hujayralarining asosi- ni tashkil etuvchi oqsil, nuklein kislo- talar, kraxmal, glikogen kabi moddalar K.e. holida uchraydi. Tuproqning unum- dorligi uning K.e. xrlidagi qismining fizik-kimyoviy xossalariga, tsement, chinni, keramika, sir va bo’yoqlar sifati ularning disperelik darajasi hamda K.e.ning xossalariga bog’liq. K.e. charm, qog’oz, gazlama, sun’iy ipak, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoqlarida ham keng qo’llaniladi.