Kolloid kimyo

Kolloid kimyo — kimyoning dis- Pers sistemalar xossalari, fazalara- ro chegara sirtlarida sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlarni o’rganadigan bo’limi. 19-a.ning 60-y.larida mustaqil fan sifatida shakllandi. Fizik-kimyo- ning maxsus tadqiqot usullari: Ultra- mikroskopiya, ultrafiltrlash, Ultra- tsentrifugalash, dializ, elektrodializ, elektroosmos, elektroforez, dispersion analiz; nefelometriya, reologiya, elek- tron mikroskopiya, xromatog’rafiya va b. K. k. ta-raqqiyotida muhim rol o’ynadi. K.k. kimyo sanoati va kimyo-texnologiyada katta ahamiyatga ega. Xom ashyoni mayda- lash, boyitish (flotasiya), tindirish, cho’ktirish, briketlash va donalash kabi jaraenlar dispers sistemalarda sodir bo’ladi va bu jarayonlardagi ho’llanish, ka- pillyarlik, adsorbtsiya, sedimentasiya, ko- agulyasiya, flokulyasiya kabi hodisalarni ham K.k. o’rganadi. O’zbekistonda K.k.ningrivojlanishidaakad. K. S. Ax- medov rahbarligidagi ilmiy maktabning xizmati katta. Olim va uning shogirdla- ri tomonidan mineral dispers sistema- lar (tuproq, tabiiy mineral sorbentlar, tsement, keramik qorishmalar, burg’ulash eritmalari va emulsiyalari va b.)ning xossalarini boshqarishda sirt faol mod- dalar va polielektrolitlardan rasional foydalanish usullari ishlab chiqildi. K-4, K-9, «Uniflok», OGS kabi yangi po- lielektrolitlar suvni flokulyasiya yo’li b-n qayta tozalashda, yuvindi va oqova suvlardan oltin ajratib olishda, tuproq strukturasini yaxshilashda, tuproq suvi- ni tejashda, tuproq erroziyasiga qarshi kurashda, erning sho’rini yuvishda, rangli metallarni ajratib olishda, ko’chma qum va sho’r tuproq-gruntlarning harakatini (Orol dengizi atrofida) to’xtatishda va b.da qo’llaniladi. K.k. sohasidagi il- miy ishlar O’zbekistonda FA umumiy va noorganik kimyo in-tida, Toshkent kimyo- texnologiya in-tida hamda O’zMU ning kolloid kimyo kafedrasida olib borila- Di. Ayni vaqtda tabiiy gaz, gaz konden- satlari va b. xom ashyolardan sirt faol moddalar, suvda eruvchan polimerlar va polielektrolitlar olish, ularni amali- yotga tatbiq qilish borasida O’zbekiston etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Ad.: Ahmedov K. S, Rahimov H. R., Kolloid ximiya, T., 1984; Frolov Yu. G., Kurs kolloidnoy ximii, 2 izd. M., 1989.