Kolloidlar, kolloid sistemalar

Kolloidlar, kolloid sistemalar (Yun. kolla — elim va eidos — ko’rinish) — dispers faza zarralari- ning o’lchami 1 nm.dan 100 nm gacha bo’lgan yuqori (ultramikrogeterogen) dispers sistemalar; dispers faza zarralari nis- batan yirikroq (100 nm dan katta) bo’lgan mikrogeterogen va dagal sistemalardan farqli ravishda ultramikrogeterogen sistemalar uchun dispers faza zarrala- rining jadal Broun harakati tavsifli. Dastlab kolloid kimyo faniga asos solgan ingliz olimi Tomas Grem 1861 y.da erigan moddalarning pergament qog’oz orqali suvga o’tish (diffuziyala- nish) xossasini tekshirib, kristall moddalar (osh to’zi, shakar) eritmalari faol diffuziyalanishi, amorf moddalar (gidroksillar, elim, albumin, jelati- na, kraxmal va b.) eritmalari esa juda sekin diffuziyalanishini aniqladi va ularni tegishlicha «kristalloidlar» va «kolloidlar» deb atadi. Uning fikricha, kristalloidlar suvda eriganda chin erit- malar, kolloidlar eri ganda esa kolloid eritmalar hosil bo’ladi. Lekin keyin- chalik 1869 y.da rus olimi I. G. Borsh- chov kolloid moddalar kristall holda ham bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi. So’ngra P. P. Veymarn, kolloid holatda 200 tadan ortiq modda tayyorlab, modda- lar sharoitga qarab kolloid holatda ham, kristalloid holatda ham bo’la olishini isbotladi. Moddaning kolloid holati nafaqat kimyoda, balki biol., tibbiyot, texnologiya va q.x.da ham nihoyatda muhim o’rin tutadi.