Kolorado qo’ng’izi

Kolorado qo’ng’izi (Leptinotarsa decemlineata Say.) — bargxo’rlar tur- kumining qo’ngizlar oilasiga mansub hasharot, ashaddiy xavfli o’simlik za- rarkunandasi. Tanasi o’z. 9 — 12 mm, elka va ust qanoti sarg’ish yoki sarg’ish- qizil, oldingi elkasida 12-14 ta qora dog’lari bor, qanoti ustidan 5 ta qora chiziq o’tgan. Tuxumining kattaligi 1,2—1,8 mm, qurti uz. 15-16 mm, pushti- qizil, g’umbagi 10-12 mm. K.q. tuproqda (20-50 sm chuqurlikda) qo’ng’izlik dav- rida qishlab, apr. oyida qishlovdan chiqadi va o’simliklar b-n oziqlanadi. Urg’ochi qo’ng’izlari o’simliklar bargi orqasiga, o’simlik qoldiqlariga 12-80 tadan to’p-to’p qilib tuxum qo’yadi. Bitta urg’ochi qo’ng’iz 500— 800, ba’zida 2400 gacha tuxum qo’yadi. Tuxumlarining ri- vojlanishi 3-5, g’umbaginiki 6-9 kun. Tuxumdan chiqqan qurtlar 20 kun atro- fida o’simliklar bargi b-n ovqatlanadi va tuproqda g’umbakka aylanadi. 1-2 havftadan so’ng yosh qo’ng’izlar paydo bo’ladi, barg b-n ovqatlanib, yana tuxum qo’yadi. K.q. kartoshka, pomidor, baqlajon, tamaki, qalampir, yosh terak va turli itu- zumsimon o’simliklarga zarar etkazadi. Bir tup kartoshkada o’rtacha 20-40 qurt va qo’ng’iz to’g’ri kelganda o’simlik bargi- ning yarmisini eb, hosilni 2-3 marta kamaytiradi. Bargi to’liq eb bitirilgan o’simliklar hosili esa 10 martagacha ka- mayishi mumkin. K.q. O’zbekistonda ob- havo sharoitiga qarab 2— 4 marta nasl beradi. K.q. vatani — AQSh Kolorado shtati. Shim. Amerika, 20-a. boshlaridan evro- Pa mamlakatlarida (1922 y.da Frantsiyada topilgan), keyinchalik Sharqiy Evropa, Ukraina, Belorussiyada tarqaldi. O’zbekistonga Belorussiyadan urug’lik kartoshka b-n dastlab Bo’stonliq va So’x tumanlariga (1972 y.) kelib qolgan. Hozir Xorazm, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog’istondan tashqari barcha VI- loyatlarda tarqalgan, kartoshka, baqlajon ekinzorlariga katta zarar etkazmoqda. Kurash choralari. K.q.ga qarshi sa – marali kurash vositalari yo’q. Muhimi karantin tadbirlari. Kimyoviy Pre- paratlardan fozalon, buldok, desis, konfidor, maspilan, xostation, regent, sumialfa va b.dan foydalanish tavsiya etiladi. Sultan Ashmuhamedov, Norqo’zi Erga- shev.