Konservatoriya

Konservatoriya (ital. conservatorio — boshpana) — Max- sus musiqa o’quv yurti. Turli yo’nalishlardagi musiqa ijrochili- gi, kompozitorlik va musiqashunoslik sohalari bo’yicha muayyan tizimda ta’- lim beradi. Dastavval Italiyada etim va qarovsiz bolalarga mo’ljallangan boshpana — K. (birinchisi Neapol, 1537) deb atalib, unda turli hunarlar qatori musiqa (asosan, qo’shiqchilik) ham o’qitilgan. 17-a. oxiridan Italiya K.lari professional musiqachilarni tayyorlay- digan muassasalarga aylangan. Zamona- viy o’quv yurti sifatida K.lar Evropada 18-a. oxiridan tashqil etila boshlan- Di (Stokgolmdagi Qirol oliy musiqa maktabi, 1771; Parijdagi musiqa va deklamasiya K.si, 1795 va b.). Ba’zi chet el musiqa oliy o’quv yurtlari — aka- demiya, oliy maktab, institut deb ham ataladi (mas, Bag’dod nafis san’atlar akademiyasi, Qohiradagi Arab musiqasi instituta va b.). Aksariyat Evropa va Amerika K.larida faqat ijrochi (sozan- da, xonanda, dirijyor) va kompozitorlar ta’lim olishadi. Musiqashunoslar esa un-tlarning musiqa f-tlarida tayyorla- nadi. O’zbekistonda dastlab Turkiston xalq K.si (1918), 1934 y.dan Oliy musiqa maktabi, 1936 y.dan Toshkent K.si, 2002 y.dan O’zbekiston konservatoriyasi FA- oliyat ko’rsatadi. Mazkur K. mamlakat- ning musiqa ijrochiligi, bastakorlik va musiqashunoslik sohalarida yuqori ma- lakali mutaxassislarni tayyorlashning asosiy markazi sifatida milliy san’- atning rivojiga salmoqli hissa qo’shib keladi.