Konsonans

Konsonans (lot. Consonantia — uyg’unlashgan sado, hamohanglik) — musiqiy tovush (tok)larning bab-baravar sadosidagi uyg’unlik, shuningdek, mazkur xususiyatga ega bo’lgan interval (prima, oktava, kvinta va b.) va akkordlar (aso- san, major va minor uchtovushliklari). K. musiqiy-ifodaviy vosita sifatida dissonanspnng aksidir (O’rta va yaqin Sharq musiqa ilmida muloyimat deb ataladi). Bu qarama-qarshilik qadimdan amaliyotda foydalanilib, musiqa ilmi- da yunon (pifagorchilar, Aristoksen va b.), musulmon Sharqi olimlari (Foro- biy, Ibn Sino va b.) tomonidan tadqiq etib kelingan. 20-a. kompozitorlik ijo- diyotida hamda zamonaviy musiqa naza- riyasida K. va dissonans tushunchalari birmuncha kengaygan holda ishlatiladi va sharhlanadi.