Konstitusiya
Konstitusiya (lot. constitutio — tuzilish, tuzuk) — davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ular- ning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K. barcha jo- riy qonunlarning asosi hisoblanadi. K. davlatchilik belgisidir. Bir- biridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy (faktik) K. tushunchalari bor. Yuridik K. ijtimoiy munosabatlar doirasini tar- tibga soluvchi ma’lum huquqiy normalar tizimi. Haqiqiy K. esa — shunday mu- nosabatlarning o’zi, ya’ni Real mavjud munosabatlardir. K. o’z shakliga ko’ra, kodekslashtirilgan, kodekslashtiril- magan va aralash turlarga bo’linadi. Ko- dekslashtirilgan K. — konstitusiyaviy xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi bir butun yozma hujjat hisoblanadi. Agar ayni o’sha masalalar bir necha yozilgan hujjatlar b-n tartib- ga solinsa, u holda K. kodekslashtiril- magan hisoblanadi. Aralash turdagi K. parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar va sud presedentlari b-n bir- ga, odatlar va nazariy sharxlarni ham o’z ichiga oladi, ya’ni qisman yozilgan bo’ladi. O’zgartirish kiritish usuli bo’yicha K. yumshoq va qattiq turlarga bo’linadi. Ularning birinchisi oddiy qonun qabul qilish yo’li b-n o’zgartirilishi mumkin. Ikkinchisi maxsus takomillashtiril- gan tartibda (parlament a’zolari ovo- zining malakali ko’pchiligi, ba’zan esa referendum o’tkazish, tuzatishlarni mu- ayyan miqdordagi federasiya sub’ektla- ri tomonidan ratifikasiyalash va sh.k.) o’zgartirilishi mumkin. Amal qilish muddatlari bo’yicha K.lar doimiy va muvaqqat turlarga bo’linadi. Davlat faoliyatining turli sohalarida K.ga rioya qilinishini na- zorat etish Oliy sud yoki Konstitusiya- viy sud zimmasiga yuklanadi. «K.»ata- masi qad. Rimdayoq bor edi (imperator K.si deb atalgan qonun). Amir Temur «Tuzuklar»i Sharq va Osiyo mamlakatla- ri tsivilizasiyasiga xos alohida shaklda- gi konstitusiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo’lgan. U shariat qonunlari b-n bir qatorda O’rta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o’tkazgan. Evropadagi tari- xiy taraqqiyot hoz. kunda amalda bo’lgan K.larning 2 guruhini vujudga keltirdi. 1-guruh — hoz. zamon sharoitlaridan ke- skin farq qiluvchi sharoitlarda qabul qilingan eski K.lar. Bu xildagi K.larga 1787 y.gi AQSh Konstitusiyasi, 1831 y.gi Belgiya K.si, 1874 y.gi Shveytsariya K.si misol bo’la oladi. 2-guruhga 20-a.ning 2-yarmida qabul qilingan «yangi avlod» K.lari kiradi. Ular dastlabki K.lardan xuquq va erkinliklar in-tining, K.ning himoya qilish mexanizmlari va ijtimoiy muammolarga murojaat kilish mexanizm- larining kengayishi natijasida Konsti- tusiyaviy tartibga solish hajmining ko’payishi b-n farq qiladi. Xalqaro konstitusiyaviy tajri- balarni o’rganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik an’analardan kelib chiqish natijasida yaratilgan O’zR Konstitu- tsiyasi (1992 y. 8 dek.da qabul qilingan) jahon andozalariga mos bo’lib, xalqaro talablarga javob beradi (q. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi). Akmal Saidov.