Kontrabanda
Kontrabanda (kontr… va ital. bando — hukumat farmoni) — mamlakat- ga olib kelish va olib ketish taqiklangan tovarlar, qimmatbaho buyumlar, valyuta boyliklari va b.ni davlat chegarasidan qonunga xilof (yashirincha) usullar- da o’tkazish, shuningdek, taqiqlangan mollarni olib o’tish uchun noqonuniy harakatlar qilish. Bojxonadan o’tkazilmagan, xususan, bojxona nazora- tidan tashqari yashirincha, topish qiyin bo’lgan vositalar orqali yoki hujjatlar (deklarasiya)da ko’rsatilmagan mollar nokrnuniy olib o’tilgan hisoblanadi. Bunday noqonuniy o’tkaziladigan mol- mulkning o’zi ham K. deyiladi. K. qonun b-n jazolanadi. Xalqaro qonunlarga ko’ra, K. tovarlari musodara qilinadi, aybdorlar jarima to’laydi yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.