Kontraktura
Kontraktura (lot. Contracture — tortish, tortishish), Chan GAK — bo’g’im harakatining vaqtincha yoki bu- tunlay cheklanishi. Bo’g’imning yozilmay yoki bukilmay qolishi K.ning asosiy ko’rinishlaridandir. Boshqa harakatlar (mas, aylanma va yon tomonga — o’ngga yoki chapga) ham cheklanishi kuzatiladi. K. tug’ma bo’lishi mumkin, bu rivojlanish nuqsonlari b-n bog’langan bo’lib, tuzal- maydi va muayyan a’zo shakli o’zgarganicha qoladi, mas, maymoq oyoq. Orttirilgan K., ko’pincha, bo’g’imning shikastlanishi yoki kasalligi, kuyishdan hosil bo’lgan chandiklarning tortishishi, muskullar- ning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Bosh miya shikastlanishi (mas, in- sult)da ham K. sodir bo’ladi, bunda mu- skullarni harakatga keltiruvchi nervlar falajlanadi (yana q. Akashak).