Kontrapunkt
Kontrapunkt (lot. Punctum contra punctum — nuqtaga qarshi nuqta) — 1) keng ma’noda — polifoniyaniit ay- Nan o’zi, ko’p ovozli musiqa tizimining asosiy turlaridan biri, ovozlarning o’zaro tengligiga asoslanadi; 2) tor ma’- noda — ikki va undan ortiq mustaqil va tugal kuylarning birdaniga yoki ketma-ket sadolanishi, ularning muay- Yan musiqiy-estetik qoidalarga binoan birikishi. K.ning oddiy va bir necha mu- rakkab turlari mavjud. Agar boshlang’ich kuylar birikmasi bir yoxud bir necha Hosila birikmalarini yuzaga kelishi uchun imkoniyat bersa — murakkab K., K. tarkibidagi kuylar o’rin almashuvchan bo’lsa — siljuvchan K., kuylar oxiridan oldiga qarata bayon etilsa — aylanuv- Chan K. deb ataladi; 3) polifoniyaning ilk ko’rinishlaridan biri. Unda turli ovozlarda davomiyligi jihatidan o’zaro teng bo’lgan tovushlar birdaniga yangrab, bir xil nota belgi (nuqta)lar b-n yozila- Di (nomi shundan); 4) mazkur sohalarni amaliy-ijodiy va nazariy jihatdan o’rganuvchi ta’limot va o’quv fani. Ad.: Taneev S, Podvijnoy kontra- punkt strogogo Pisma, M., 1959; Qurbo- Nov T., Polifoniya, T., 1991.