Koordinasiya soni

Koordinasiya soni – kimyo- viy birikmalardagi Markaziy kationni qurshab bog’langan neytral molekulalar va anionlarning umumiy soni. Mar- kaziy atomning K.s. 1 dan 12 ga qadar bo’lishi mumkin. Lekin 8 dan katta K.s kam uchraydi. Kompleks birikmalarda Markaziy atom b-n ligandlar orasida- gi barcha bog’lanishlar bir xil kuchga ega. K.s.ning katta-kichikligi, asosan, kompleks hosil qiluvchi Markaziy atom elektron qobig’ining o’lchami, zaryadi va tuzilishi b-n belgilanadi. Magnusning ko’rsatishiga muvofiq, K.s Markaziy ion radiusining ligand radiusiga bo’lgan nisbatiga bog’liq. Mac, km:yad = 0,155 bo’lsa, Markaziy atomning K.s. 2 ga teng, 0,155 dan 0,225 gacha bo’lsa, u 3 ga, 0,225 dan 0,424 gacha bo’lsa, 4 ga, 0,424 dan 0,732 gacha bo’lsa, 6 ga, 0,732 dan 1,37 gacha bo’lsa, 8 ga teng bo’ladi (bu erda RM — marka- ziy atom radiusi, kl — ligand radiusi). K.s. anorganik birikmalar, metallar va qotishmalarning kristallo-kimyoviy Xu- susiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega (yana q. Koordinasiey birikmalar, Kristallokimyo).