Ko’p ma’nolilik, polisemiya
Ko’p ma’nolilik, polisemiya — til birliklarining birdan ortiq ma’noga ega bo’lishi. K.m. — ko’p qirrali va murakkab hodisa. Deyarli har bir so’zning lug’aviy ma’no taraqqiyoti aniq, individual yondashishni, izohlashni ta- lab qiladi. K.m. ma’nosi faqat matnda bilinadi. Onamning ko’zi hali yaxshi ko’radi (a’zo); buloqning ko’zi, igvaning ko’zi (teshik); uzukning ko’zi (uzukka qo’yilgan tosh); taxtaning ko’zi (taxtada- gi doira shakl). K.m. ikki yo’l b-n hosil bo’ladi: 1) so’zning yangi ma’no kasb etishi natija- sida. Mas, er so’zi dastlab bir ma’noli bo’lgan, qolgan ma’nolar so’zning ma’no tarkibi taraqqiyoti natijasida paydo bo’lgan; 2) ko’p ma’noli so’zdan yoki ko’p ma’noli qo’shimcha vositasida so’z yasa- lishi natijasida. Ko’p ma’noli so’zlar qancha ma’noga ega bo’lmasin, bu so’zlar ma’nosi o’zaro bog’langan, ya’ni ma’no- lar orasida qandaydir semantik aloqa mavjud bo’ladi. Xuddi shu xususiyat ular- ni omongshlardan farklaydi. So’zning K.m.ini, asosan, matn hal etadi: so’zning ishlatilish matni qanchalik rang-barang bo’lsa, bu so’z shunchalik ko’p lug’aviy ma’- noni ang-latadi.