Ko’p ovozlilik

Ko’p ovozlilik, ko’p ovozli musiqa — 1) keng ma’noda — musiqiy- tarixiy tushuncha; nota yozuvi, shuning- dek, garmoniya, polifoniya unsurlariga asoslangan kompozitorlik (musiqa) ijo- Di (aksi — monodiya). Evropa san’atida 9-10 a.lar cherkov musiqasida, keyin- chalik dunyoviy musiqa san’atida rivoj topdi. O’zbekistonda ilk ko’rinishlari 19-a.ningoxirida (V. Leysekning «Osi- yocha Popurri», 1890 va b.) paydo bo’lgan, 1930-y.lardan boshlab V. Uspenskiy, A. Kozlovskiy, R. Glier, G. Mushel, key- inchalik M. Burhonov, Ik. Akbarov kabi kompozitorlar ijodida, an’anaviy milliy musiqa xususiyatlari zaminida rivojlana boshladi; 2) tor ma’noda — musiqiy faktura (tovush va ovozlarning o’zaro nisbatlari)ga tegishli tushuncha, bir necha ovozning barobar sadolanishi- ga asoslangan musiqa tizimi, aksi bir ovozlilik. Geterfoniya, gomofoniya, kon- trapunkt (polifoniya), unison kabi tur- lari bor. K.o. kompozitorlik musiqasiga nisbatan ko’proq o’rganilgan bo’lsada, uning ildizlari xalq musiqasiga borib taqaladi. Jumladan, o’zbek an’anaviy an- sambllari, shuningdek, dutor, do’mbira, tanbur, qonun, chang kabi cholg’ular ij- rosida K.o.ning o’ziga xos ko’rinishlari namoyon bo’ladi. Olimjon Bekov.