Kopetdog’
Kopetdog’ — Eron tog’ligining shim. dagi tog’lar, asosan, Eron, qisman Turkmaniston hududida, Turkmani- ston—Xuroson tog’larining bir qismi. O’z. 650 km, eni 200 km gacha. Eng baland joyi 3117 m (Xazormasjid tog’i). Ko’p qismi asimmetrik gryada va platolar- dan iborat. Iqlimi O’rta dengiz tipi- dagi subtropik, quruq iqlim. Yanv. Ning o’rtacha t-rasi balandlik ortgan sari Gdan -4° gacha, iyulniki 29° dan 18° gacha pasayadi. Yillikyog’in 150-500 mm. Daryo- lari: Atrek, Xilum, Balxob, Obiqaysar. K. Alp burmalanishida yuzaga kelgan. Cho’kindi, asosan, bo’r, paleogen, neogen va yura davrlarining ohaktosh, margel, qumtosh, konglomerat va gillaridan tu- zilgan. Simob, mishyak, barit, viterit kabi foydali qazilmalar, qurilish toshlari olinadi. Mineral va termal buloqlar bor. Tez-tez zilzila bo’lib tu- radi (Ashxobod zilzilasi). Antikli- nal tizmalar va antiklinal vodiylar b-n birgalikda sinklinal tizmalar uchraydi. Karst keng tarqalgan (Baxar- dan g’ori). Vodiylarda yong’oq, anjir, bodom, mushmula, nok, qoraqand, do’lana, yovvoyi tok, tog’etaqlarida tog’cho’li va chala chul o’simliklari o’sadi, balandrok- da tog’o’tloqlari uchraydi. Qumsichqon, olaxurjun, o’q ilon, ko’lbor ilon, Jay- ra, tog’qo’yi, to’ng’iz, qoplon, sirtlon, o’rmon olmaxoni va b. yashaydi. Kopetdog’ qo’riqxonasi tashqil etilgan.