Koprofaglar

Koprofaglar (Yun. Kopros — go’ng, tezak va … fagiya) — hayvonlar (asosan, sut emizuvchilar) tezagi b-n oziqlanadigan hayvonlar. Umurtqasiz hayvonlardan kamtukli chuvalchanglar, hasharotlardan go’ngxo’r qo’ng’izlar, ikki qanotlilar qurtlari, orabatid kana- lar va b.da uchraydi. Ayrim go’ngxo’r qo’ng’izlar muayyan turga mansub hayvon tezagi b-n oziqlanishga ixtisoslashgan (mas, Aphodius fossor, onthophagus Taurus faqat qoramollar tezagi b-n oziqlanadi). K. kemiruvchilar va tovushqonsimonlar orasida ham uchraydi. Ular o’z tezagi- ni eydi, ya’ni oziq ikki qayta ichaqdan o’tadi. Bu holat K. hazm qilish jarayoni samaradorligini oshiradi, chunki tezak kletchatka va b. uglevodlarni parchalay- digan mikrofloraga boy bo’ladi. Tezak ichak orqali qayta o’tkazilganida undan ichak mikroflorasi ishlab chiqaradigan azotli moddalar, jumladan, aminokislo- talar va vitaminlar qayta hazm bo’ladi. Ko’pchilik umurtqasiz hayvonlar, mas, termitlar, chumolilar fakultativ K. hisoblanadi. Ular koprofaglik tufayli ichak mikroflorasiga ega bo’ladi.