Kord

Kord (Frans. Corde — arqon, chil- vir) — 1) paxta va kimyoviy tolalardan tayyorlanadigan pishitilgan mustahkam ip. Rezina sanoatida yarim fabrikat si- fatida ishlatiladigan buyumlar, Avto- kord, kordshnur va b. tayyorlashga ketadi. Paxta K.i — paxta tolasini yigirib, pishitib va arqoq ipli qilib to’qilgan material. Sun’iy (viskoza) K. — viskoza tolasidan tayyorlanadi; paxta K.ga nis- batan yupqa va engil material. Issiqqa chidamli, lekin namlikka uncha chidamay- Di. Kimyoviy (poliamid) K. — pishikli- gi, yupqaligi, mayinligi va issiqqa chi- damliligi b-n paxta va viskoza K.idan ustun turadi. Uni olishdagi asosiy xom ashyo — kaprolaktam smolasi; 2) maxsus o’rilish b-n to’qilgan jun mato; o’ngida 3-8 mm kenglikdagi bo’ylama yo’llari (bo’rtmalari) bo’ladi. Undan ko’ylak, kostyum yoki palto tikiladi, eng og’ir va dag’ali esa engil avtomobillar o’rindig’iga jildlar tikish uchun ishla- tiladi.