Koreya

Koreya (koreyscha Choson — tonggi tarovat) — Sharqiy Osiyodagi mamlakat. Asosan, Koreya ya. o. va uning materika tutashgan qismida hamda 3,5 mingga yaqin orolda joylashgan. K.ni sharkdan Yapon dengizi, g’arbdan sariq dengiz o’rab ol- gan, Jan.da Koreya bo’g’ozi uni Yaponiyadan ajratib turadi. Dengiz chegaralari 8,7 ming km. Shim.da Xitoy va Rossiya Fede-rasiyasi b-n chegaradosh. Quruqlik chega- ralari 1,3 ming km. Mayd. 219 ming 20 km2, aholisi 69,87 mln. kishi (2001). Yarim orolning shim. qismida va qisman materikda Koreya Xalq demokra- tik Respublikasi, yarim orolning Jan. qismida Koreya Respublikasi joylash- gan. Aholisi. K.— bir millatli mam- lakat; aholisining 99% dan ortig’i ko- reyslar. Dindorlari buddaviylik, kon- futsiylikka va, qisman, xristian diniga e’tiqod qiladi. Rasmiy tili — koreys tili. Tabiati. Sharqiy qirg’og’i tog’lik. Kemachilik uchun eng qulay buxtalari shim. qismida. Tabiiy gavanlari Jan. qirg’oqda. G’arbiy sohili, asosan, tekis- lik, ammo ko’p bo’lakka bo’lingan. K.ning aksari qismi tog’lik. Shim.da shim. Ko- Reya tog’lari (bal. 2744 m gacha) va katta yassi tog’lar, Koreya ya.o.ning sharqida Sharqiy Koreya tog’lari, Jan.da shu tog’larning Jan.-g’arbiy tarmoqlari, 36° sh. k.dan Jan.da esa Jan. Koreya tog’lari bor. K. hududining 1/4 qismini pastte- kislik va tekisliklar tashqil etadi. K., asosan, tokembriy granitlari, gneyslar va metamorfik slanes qatlamlaridan iborat. K.da 100 ga yaqin temir ruda koni, polimetall konlari, volfram, xrom, kobalt, nikel, oltin va kumush rudasi konlari, bundan tashqari, grafit, Magne- zit, toshko’mir kabi noruda qazilma kon- lari ham bor. Ikdimi — dengiz iqlimi, shim. da o’zgaruvchan, ko’p qismida mo»tadil, Jan.da subtropik. Eng issiq oy (avg.) ning o’rtacha t-rasi 22-26°, yanv.niki — 21° dan +4° gacha, tog’larda — 40° gacha. O’rtacha yillik yogin 700-1500 mm. Daryo ko’p, ammo kichik, qor va yomg’ir suvlari- dan to’yinadi. Asosiy daryolari: am- nokkan, Tumangan, Naktongan, Tedongan va Xangan. Yirik daryolarining quyi oqimidagina kema qatnaydi. Qo’ng’ir o’rmon tuprog’i, kizil, sariq, unumdor allyuvial tuproqlar uchraydi. Er yuzasi- ning 70%dan ko’prog’i o’rmon va butazor- lar b-n qoplangan. Tog’etaqlarida shum- tol, kashtan, yuqorirog’ida qoraqarag’ay, qarag’ay, kedr va b. o’sadi. 300 m gacha ba- Land joylarda doim yashil o’simliklar bor. Hayvonlardan yo’lbars, qoplon, qora va qo’ng’ir ayiqlar, bug’u, parranda- lardan esa tustovuq, o’rdak va b. yashaydi. Baliqning 75 turi mavjud. Tarixi. Koreya ya. o.da odamlar so’nggi paleolit davridan yashaydi. Mil. AV. 5— 4-a.larda tashqil topgan Choson bi- rinchi koreys davlatidir. Mil. AV. 109 y.da Xan davlati (Xitoy) Chosonni bo- sib oldi. Xitoy bosqinchilariga qarshi kurash davomida (milodning boshlari- da) Koguryo, Pekche, Silla va b. davlatlar paydo bo’ldi. Mil. 313 y.da Koguryo XI- toylarni batamom surib chiqardi va har jihatdan rivojlangan qudratli dashtat- ga aylandi. Bu davrda dehqonchilik, me- Tall quyish va ishlash, to’qimachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va h.k. ri- vojlandi. 9-a.da tarqoqlik davri bosh- landi. 935 y.da Koryo (K. nomi shundan) davlatining asoschisi Van Gon mamla- katni birlashtirdi. 10-a. oxirlariga kelib markazlashgan davlat paydo bo’ldi. 1231 y. mo’g’ul qo’shinlari K.ga bostirib kirdi va yuan imperiyasini tuzdi. 14- a. o’rtalarida Koryo unga bo’ysunishdan bosh tortdi. 1359-62 y.larda Xitoy is- tilochilari bosqinini qaytardi. 1392 y. lashkarboshi Li son Ge Koryoga van qilib tayinlandi, Li sulolasi (1392-1910) ga asos solindi. Koryo davlati Choson no- mini oldi, poytaxti esa Kegyondan Xan- son (19-a. oxiridan Seul)ga ko’chirildi. 15-a. o’rtalarida iqgisodiy va madaniy jihatdan yuksaldi. Yapon va manjur bosqinchilari hujumi davrida (16-a. oxiri — 17- a. ning 1-yarmi) davlatning ahvoli og’irlashdi. 1592-98 y.larda Choson xalqi o’z ozodligi uchun kurashdi va yapon bosqinchilarini mamlakatdan quvib chiqardi. Manjurlarning 1627 va 1636 y.lardagi bosqinchilik urushlari nati- jasida mamlakat ancha vayron bo’ldi. 18 – a. oxiridan mehnatkashlarning hukmdor tabaqaga qarshi yirik qo’zg’olonlari bo’lib o’tdi. 19-a. ning 60-y.larida xalq ommasining erksevarlik qarashlarini ifoda etgan Tonxak diniy mazhabi Vu- judga keldi. 60-70-y.larda Yaponiya K.ni asoratli Kanxva shartnomasini tuzishga majbur qildi. So’ngra AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Frantsiya va b. davlatlar ham Koreya b-n shunday bitimlar to’zitshdi. 1904-05 y.lardagi rus-yapon urushi davrida Yapo- niya K.ni bosib olib, mamlakat usti- dan nazorat o’rnatdi. K. aholisi yapon bosqinchilariga qarshi qattiq kurash olib bordi. Yapon hukmronligi joriy etilgan davr (1910-45)da K. Yaponiya- ning xom ashyo makoni va bozoriga aylan- tirildi, nihoyat, K. Yaponiya imperiyasi tarkibiga qo’shib olindi. 1917 y.da ish tashlash, talabalar- ning norozilik harakatlari bo’lib o’tdi. 1919 y. mart — apr.dagi umummillat qo’zg’olonida ishchilar, dehqonlar va mahalliy savdo-sanoat doiralari (jami 2 mln .dan ortiq kishi) faol qatnashdi. Bu voqealardan cho’chigan yapon ma’murla- ri o’sha yil avg.da «o’z-o’zini boshqarish tizimi»ni joriy etish va b.dan iborat islohot dasturini e’lon qildi. Sano- atning o’sishi ishchilar safining ken- gayishiga sabab bo’ldi. 20-y.lardan ka- saba uyushmalari va b. ommaviy jamoat tashqilotlari vujudga kela boshladi. 1925-28 y.larda ishchilar 349 marta ish tashladi va ko’pi ularning g’alabasi b-n tugadi. 1929-33 y.lardagi jahon iqtisodiy bo’hroni davrida dehqonlar, may- da va o’rta tadbirkorlarning ahvoli og’irlashdi. 1930-32 y.larda 517 marta ishchilarning ish tashlashi, 237 marta dehqonlar qo’zg’oloni, o’quvchi yoshlarning namoyishlari bo’lib utdi. 2-jahon uru- shida K. xalqi yapon mustamlakachilariga qarshi kurashdi. Bu urushda Yaponiyaning mag’lubiyati natijasida uning K.dagi hukmronligi barham topdi. 1945 y. avg.da K.ning 38-paralleldan shim. qismi Sovet armiyasi tomonidan ozod qilindi. Shu yil sent. Oyining boshlarida AQSh qo’shinlari K.ning Jan.ni ishg’ol qildi. Ittifoqchilarning qarorida 38-parallel Sovet va Ameri- ka qo’shinlari o’rtasidagi chegara chizig’i bo’lib qolishi belgilangan edi. 1945 y. dek.dasobiq SSSR, AQSh va Buyuk Brita- niya tashqi ishlar vazirlarining Moskva kengashi K.ni vasiylikka olish haqida qaror qabul qildi (gomindanchilar hukmronligidagi Xitoy ham keyinchalik shu qarorga qo’shildi). Kengash K.ni Yago- na demokratik mustaqil davlat sifatida qayta tiklashni nazarda to’tib, K.ning muvaqqat Markaziy hukumatini tuzish Fi- krini bildirdi. Aniq taqliflarni tay- yorlash Sovet va Amerika qo’mondonligi vakillaridan iborat qo’shma komissiyaga topshirildi. Komissiya 1946-47 y.lar mobaynida ishladi, ammo keskin ixti- loflar sababli o’z zimmasidagi vazifa- ni bajara olmadi. 1948 y. 15 avg.da Seulda K. Respu- blikasi (kr), 9 sent.da Pxenyanda K. Xalq demokratik Respublikasi (KXDR) tuzilganligi rasmiy ravishda e’lon qilindi. 1948 y. sent.da Sovet Ittifoqi KXDR Oliy xalq Majlisining muroja- atini qondirib, o’z qo’shinlarini uning hududidan olib chiqib ketdi. AQSh Jan. K.dagi qo’shinlarini 1949 y. o’rtalarida olib ketdi. Mamlakatni birlashtirish borasida KXDR b-n kr o’rtasidagi keskin o’zaro qarama-qarshilik oqibatida ikkala to- monning aybi b-n ko’p martalab qurolli to’qnashuvlar bo’ldi. Bu mojarolar 1949 y.ning 2-yarmidan boshlab, ayniqsa, shiddatli tus oldi, natijada, 1950 y.da to’la miqyosli urush harakatlari bosh- lanib ketdi. O’sha yili 25 iyunda BMT Xavfsizlik Kengashida SSSR vaki- li qatnashmagan paytda KXDRni krga qarshi tajovo’z qilishda ayblovchi qaror qabul qilindi va 2 kundan keyin BMT ga a’zo davlatlarni krga shoshilinch yordam berishga chaqiruvchi yana bir qaror qabul etildi. Xalqaro kuchlar tomonidan KXDRga taxlikali xavf tug’ilgach, Xitoy xalq ko’ngillilari (salkam 1 mln. kishi) Shim. Koreyaga yordamga keldi. Shiddatli janglardan keyin 1951 y. o’rtalarida ik- kala tomon urushda g’alaba qozonish imko- ni yo’kligini anglab, mudofaaga o’tdi va muzoqara boshlashga majbur bo’ldi. 1953 y. 27 iyulda K.da yarash to’g’risida bitim imzolandi. KXDR b-n kr o’rtasida 4 km kenglikda qurolsiz mintaqa o’rnatildi. Uch yillik urush mamlakatni abgor qildi, uning iqtisodiyotiga katta putur etkazdi. Millionlab kishilarning oi- lalari bo’linib ketdi. Bu birodarkush- lik urushi shim. b-n Jan.ning ajrali- shini yanada kuchaytirdi. 1970-y.larning boshlaridan KXDR b-n kr o’zaro munosabatlarni tartib- ga solish yo’llarini izlash va mamla- katni qayta birlashtirishga erishish maqsadida muloqot qilib keldi. 1991 y. sent.da ikkala koreys davlati BMTga qabul etildi. O’sha yil dek.da KXDR b-n Kr o’rtasida yarashish, hujum qilmaslik, hamkorlik va mol ayirboshlash haqida bitim, 1992 y. Fev.da Koreya ya.o.ning par- chalanmasligi to’g’risida Qo’shma deklara- tsiya imzolandi. Nihoyat, 2000 y. iyunida Kr prezidenti KXDR ga tashrif buyurdi va shim. b-n Jan. o’rtasida iliq muno- sabatlar va hamkorlik boshlashga qaror qilindi. Fani va ilmiy muassasalari. K. — qadimdan ilm-fan yuksak darajada rivojlangan mamlakat. 6-7-a.lardayoq astronomiya va meteorologiya kuzatuvla- ri olib borilgan, murakkab inshootlar qurilgan. 632-647 y.larda sha-rqiy Osiyoda eng qad. rasadxona minorasi — Chxomsonde barpo etilgan. 718 y.da K.da soat kashf qilingan. 682 i. Sillada «Kukxak» davlat oliy bilim yurti Ochil- gan va 717 y.dan tibbiyot, mat., 794 y. dan astronomiya o’qitila boshlagan. 11-13-a. larda chinni idishlar va asboblar i.ch. rivojlangan. Shu davrda koreyslar XI- toy ksilografiyasini o’rganib, shu usulda 6 ming jilddan iborat budda qonunini nashrdan chiqardi. 1234-41 y.larda bos- maxonalarda metall harflar ishlatila boshladi. 15-a. o’rtalaridan amaliy fanlar ri- vojlandi. K. olimlari «dehqonchilik ilmi» nomli asarda o’sha davr agrono- miya bilimlari haqida ma’lumot bergan- lar. Yan son Ji va b.-Koryoning tarixiy geogr. xaritasini tuzishdi (1451). 1445 y. tibbiyot entsiklopediyasi nashr etildi. 15-17-a. larda tabiiy-ilmiy asarlar, jumladan, turli soha entsiklopediyalari paydo bo’ldi. 15-16-a.larda harbiy tex- Nika sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Li Sun Sin qarbiy kemalar, artilleriya qurollari tuzilishini tako- millashtirdi. 19-a. da mat., astronomiya va terapiyaga oid ilmiy asarlar yaratil- Di. K.da falsafa, tarix, tilshunoslik fanlari ham qad. an’analarga ega. K.ni Yaponiya bosib olganidan keyin ilm-fan rivoji to’xtab qoldi. Adabiyoti milodning avvalida qad. K. folkloridan rivojlana boshlagan. 19-a. oxirigacha badiiy asarlar koreys tilida va xanmun — Xitoy adabiy ti- lining koreyslashtirilgan shaklida yaratilgan. Xitoy ieroglifi, keyinroq koreys alifbosida yozilgan «ona-Vatan qo’shiqlari» (7-11-a.lar) K. adabiyoti- ning qad. namunasidir, 11 — 14-a.larda uning davomi — «kore qo’shiqlari» yara- tildi. She’riyatning vujudga kelishida Chxve chxi Von (857) muhim rol o’ynadi. Li in No uni yanada rivojlantirdi. Badiiy Nasr asta-sekin tarixiy adabi- yotdan ajralib chikdi. Novella janri- ga kim Si sip (1435— 93) asos soldi. 1487 y. So Go jon (1420-88) 130 ki- tobdan iborat «Sharq antologiyasi»ni tuzdi. Lim Je (1549— 87) satiric qissalar yozdi. 16-17-a.larda tabiat go’zalliklarini madh etuvchi va falsafiy she’riyat ravnak, topdi. 17-19-a.larda koreys tilida ko’plab qissalar yozildi, dastlabki romanlar paydo bo’la bosh- ladi, yangi Nasr shakllandi. Dastlabki erkin she’rlarni Chxve nam son va kim OK yozdi. Yaponiya xukmronligi davrida adabiyotning taraqqiyoti vaqtincha to’xtab qoldi; ko’pgina yozuvchilar qatagonga uch- radi. 1919 y. qo’zg’oloni bostirilgandan keyin har xil dekadentlik yo’nalishlari ko’paydi. Realistik romanlar paydo bo’ldi (1934). Yapon reaktsiyasi kuchay- gan davrda tarixiy roman janri omma- lashdi (30-y.larning 2-yarmi). Yaponiyaga qarshi xalq lashkarlari uchun jangovar inqilobiy she’rlar, qo’shikdar va kichik pesalar yaratildi (1930-40). Me’morligi. Neolit davridan yarim erto’la qoldiklari, milod boshlari- dan sag’analar, daxmalar, 7-a.dan Kyon- ju yaqinidagi Chxomsonde rasadxonasi qolgan. 8-a.dan shaharlar, shu jumla- dan, poytaxt — Kyonju jadal qurila boshladi, ibodatxona majmualari, Pa- godalar (g’or shaklidagi Sokko’ram ibo- datxonasi, Pulguks majmuasi) barpo etildi. Kore davlati davrida murakkab shaklli, naqshin pagoda va monastir- lar qad ko’tardi, dunyoviy inshootlar (hukmdorlarning saroylari) bunyod etil- Di. Li sulolasi zamonlarida qurilgan muhtasham majmualar yog’och hamda tosh o’ymakorligi va naqqoshligi usulida bezatildi. Diniy inshootlar hashamat b-n ziynatlandi. Xalq esa tosh, loy va yog’ochdan yasalgan pastqam uylarda yashar- Di. Imoratlarni Jan.ga, ya’ni oftobga qaratib qurish urf bo’ldi. Yaponiya mu- stamlaka hukmronligi davri (1910-45) da Evropa va Yaponiya me’morligi ruhida imoratlar qurildi. Tasviriy san’ati. Koreyslar qad. zamonlardan rangtasvir b-n shug’ullana boshlaganlar. Neolit davriga mansub sopol idishlar qoldiqlari topilgan. Metall qurollar va gulli sopol idish- lar mil. AV. 1-a.ga taalluqli. Milodning boshlarida K.ning badiiy madaniyati ancha rivojlanib, Yaponiya san’atiga ta’- sir o’tkazdi va o’z navbatida Xitoy san’- ati ta’siridan bahramand bo’ldi. 3-7-a. larda daxmalar ko’pincha er osti inshoo- ti tarzida qurilar, devor va shiftlarda afsonalar mazmunidagi bazmi Jamshid, tantanali marosim sahnalari tasvirla- nardi. Amaliy bezak san’atida chavan- dozlar, uychalar, hukmdorlarning oltin tojlari yasaldi. Haykaltaroshlik rivoj topdi. Tosh va metallarni yo’nib ish- lash, shoyi to’qish, tush va bo’yoq b-n rang- barang rasmlar solish avj oldi. Sopol va chinni buyumlar ko’plab ishlandi. Li sulolasi davrida saroy an-sambllari Vu- judga keldi. O’ziga xos rassomlik akademiyasi — Toxvaso (14-a.) tasviriy san’atning ri- vojlanishida katta rol o’ynagan. 15— 17-a.larda yirik rassomlar, 18-a.da man- ZARAchilar va portretchilar paydo bo’ldi. 19-a. oxiriga kelib, moyli bo’yoq ishla- tila boshladi. Chinni va sopol buyumlar ishlash takomillashdi. San’atning barcha sohalarida 20-a.dan G’arb uslublari va an’analari ta’siri kuchaydi. Musiqasining lad tuzilishi penta- tonikata asoslangan. Musiqa ijtimo- iy hayot va diniy marosimlarda muhim rol o’ynagan. 3-9-a.larda saroyda xor va cholg’u ansambllari kontsertlar ber- gan, musiqiy tomoshalar ko’rsatilgan. 6-a.dan komo’ngo, tegim, pxiri, kayagim singari torli cholg’u asboblar keng tarqalgan. Qad. 60 turdagi cholgu asbo- bidan 45 turi hoz. gacha yangrab kelayotir. Son Xyon va b. koreys musiqa entsiklope- diyasi — «musiqashunoslik asoslari»ni tuzdilar (1493). Imperator saroy i huzurida xonanda va sozandalar, raqqos va raqqosalardan iborat ansambllar bo’lgan. 16-a.ning 2-yarmidan boshlab, urushlar va bosqinchiliklar ta’sirida K. musiqasi tushkunlikka uchradi, faqat xalq qo’shiqlari janri rivojlandi. 19-a.ning 2-yarmida musiqali drama Jan- ri — chxangik rivojlanib, keyinchalik milliy opera paydo bo’ldi. 20-a. boshla- rida K.ga Evropa musiqasi kirib kela boshladi. Teatr tomoshalarining unsurlari qad. marosim qo’shiqlari va o’yinlarida saqlanib kelgan. Mil. AV. 3-a.da mav- jud bo’lgan ibtidoiy teatrlarda tabiat hodisalari va mehnat jarayonini tasvir- lovchi tomoshalar ko’rsatilgan. 14-15 – a.larda xalq niqob teatri va qo’g’irchoq teatri vujudga keldi. Professional aktyor-kvandelar xalq teatrini rivoj- lantirishga ko’maqlashadilar. 19-a.da professional teatr tashkil topdi. Yapo- niyada o’qib kelgan K. talabalari 1921 y. «Drama san’ati uyushmasi» truppasini tuzdilar. 1930 y. Pxenyanda «Machxi», Teguda «ko’cha teatri», Kesonda «omma- viy teatr» (1931), Masanda drama san’a- ti jamiyati (1932), Pxenyanda «kelajak teatri» (1932) va b. vujudga keldi. Kinosi. K.da havaskorlar tomoni- dan 1921 y. Yun Ben nam rahbarligida «Oy nuri ostidagi qasam» nomli bi- rinchi film suratga olingan. 20-y.lar- ning 2-yarmida xalqning og’ir ahvolini aks ettiruvchi kinofilmlar («sayoq», «Nim qorong’i ko’cha» va b.) ko’rsatilgan. Milliy ilg’or kinosan’atining rivoj- lanishida rej., stsenariychi va aktyor na Un Gyuning hissasi katta. U «Ariran» (1926), «muhabbat izlab» (1928), «ega- siz parom» (1932) va b. filmlarda mu- stamlakachilar zulmiga, ijtimoiy teng- sizlikka qarshi kurashni aks ettirgan. 40-y.larda K. kinematografiyasi Yaponiya nazorati ostida bo’ldi, asosan, nemis, italyan va yapon filmlari namoyish qilindi.