Kot, Kat, kas

Kot, Kat, kas — Xorazmdagi qad. shahar xarobasi. Hoz. Berunip sh.dan 2,5 km shim.rokda. Tarixiy manbalarga qaraganda, K. turli davrlarda turlicha atalgan bo’lib (mas, kas, kaj, Fir, Fil) Xorazmiy tilida «qishloq» degan ma’no- ni anglatgan. Yoqut Xomaviyning yozishi- cha, K. Jayxun (Amudaryo) ning Sharqiy qirg’og’ida, Jurjoniyadan 20 farsax narida bo’lgan. Undagi jome masjidi va Xorazmshoh qarorgohi qal’a ortida joylashgan. Bozor shaharning markazi- da, Jardurishak soyi bo’yida bo’lgan. Muqaddasiy keltirgan ma’lumotlarga ko’ra, K. Shahriston deb ham atalib, u kattaligi jihatidan Nishopurga teng edi. «Hududul-olam» ga ko’ra, K. o’rta aerdarda turki y elatlarning savdo- sotiq markaziga aylangan. Sam’oniy esa o’zining «kitob ul-ansob» asarida K. rabodi «berun» deb atalganini qayd et- gan. Beruniy afrig’iylar sulolasining asoschisi Afrig’shahar ichida 3 qavat devor b-n o’ralgan qasr qurdirganligi, uning devorlari niqoyatda baland bo’lib, taxm. 20 km uzoqlikdan ham ko’rinib tur- ganligi haqida xabar bergan. 10-a.da K. Xorazm davlatining poytaxti bo’lgan. Keyinchalik Amudaryo shaharni yuvib keta boshlagach, aholi uning Sharq tomoniga ko’chib o’tib, yangi K. shahrini qurgan. 10- a. oxirlariga kelib Zeki shahar, asosan, yuvilib ketib, poytaxt Gurganj (hoz. Ko’hna Urganch) ga ko’chirilgan. 995 y. Gur- ganj hokimi Abo’lab-bos Ma’mun ibn Muhammad dastlabki Xorazmshohlar Su- lolasini tor-mor keltirgach, K. o’zining siyosiy ahamiyatini yo’qotgan. Ibn Battu- ta K.ni Xorazm (ya’ni, Gurganj) b-n bu- xoro o’rtasidagi aholi yashaydigan yagona shahar ekanligini eslatib o’tgan. 14-a. da, xo-razmda mahalliy sulola vujudga kel-guniga qadar, K. Xiva b-n birgalikda Chig’atoy ulusi tarkibiga kirgan. 1372 y. uni Amir Temur egallagan. 17-a. da yangi K.ni suv b-n ta’minlab turgan yop (yob) ni Amudaryo yuvib ketganligidan Xiva xoni Ano’shaxon daryoning chap qirg’og’ida toza Yormish yopni kazdirib, uning bo’yida bir qal’a qurdirgan (1681), so’ng eski shahar aholisi o’sha erga ko’chib o’tgan. 19-a. bo- shida bu joyni ham Amudaryo yuvib ketib, yangi K. aholisi daryoning o’ng sohilidagi Shayx Abbos Vali mozori tevaragiga ke- lib joylashgan. Shundan e’tiboran bu er Shobboz deb atala boshlagan. 1957 y. Shobboz shaharchasiga Beruniy nomi be- rilgan. 1962 y. dan shu nomli shahar. 1937 y. S. A. Tolstoy rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspe- disiyasi K. shahar xarobasida tadqiqot ishlari olib borib quyidagilarni aniqladi: u erda saqlanib qolgan qal’a vayronasining mayd. 220×220 m, Burjlar b-n mustaqkamlangan. Qal’aning Jan.-Sharqiy burchagidagi ko’shk (54×54 m) esa qalinligi 6 m, bal. 11 m keladigan devor b-n o’ralgan. Topil- gan tangalarning bir tomonida qirra bu- runli, soqoli siyrak, ko’zlari katta-kat- ta Afrig’tasvirlangan, uning bo’ynida ikki qator marjon shodasi, boshida esa old qismini yarim oy bezatib turgan toj mavjud. Tangalarning ikkinchi tomonida an’anaviy chavandoz tasviri, uning tepa- sida yunoncha, ostida esa Xorazmiy tili- da «podshoh Afrig'» deb bitib qo’yilgan. Shayx Abbos Vali maqbarasi, minora va pishiq g’ishtdan qurilgan shahar de- vori qoldiklari hamda qal’a xarobasi hoz.gacha saqlanib qolgan. Xalq mazkur qal’ani «pil qal’a» («Fil qal’a») deb ataydi. Ad.: Tolstoe SP., Po sledam drev- nexorezmiyskoy tsivilizasii, M.—L., 1948; Bartold V. V., Sochineniya, t. 3, M., 1965; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — na- chala XIII vv.