Kovalevskaya Sofya Vasilevna

Kovalevskaya Sofya Vasilevna (1850.3(15).1, Moskva – 1891.29.1(10.2), Stokgolm) — rus matematigi, yozuv- chi. Peterburg FA 1-ayol muxbir a’zosi (1889). V. O. Kovalevskiyning xotini. Matematik ma’lumotni chet elda olgan (1869-74). Differentsial tenglamalar va Abel integrallariga oid ishlari uchun Gyottingen unti unga falsafa dri ilmiy unvonini bergan. Stokgolm un- tida dosent va prof. (1883 y.dan). Aso- siy ilmiy ishlari xususiy hosilali differentsial tenglamalarning anali- tik echimlariga, qattiq jismlarning qo’zg’almas nuqta atrofida aylanishi va to’la simmetrik bo’lmagan gidroskopning aylanishi masalalariga bag’ishlangan. K. belletristik asarlar («baxt uchun ku- rash» dramasi, «Nigilistika» romani, «Bolalik esdaliklari» va b.) muallifi.