Nurobod
Nurobod — Toshkent viloyati Angren shahar Kengashiga qarashli shaharcha (1984 yildan). Chatqol tog’ining etagida joylashgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Ohangaron (12 kilometr). Maydoni 164,3 gektar. Aholisi 6,5 ming kishi (2003). Nurobodda umumiy ta’lim maktabi, aloqa bo’limi, kutubxona, madaniyat uyi, dorixona, madaniy, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, savdo tarmoqlari bor. Nurobod yaqinidan Toshkent—Angren— Qo’qon— Namangan—Andijon—O’sh avtomobil yo’li o’tadi.
O‘xshash so‘zlar
- Nurobod
- Nurobod tumani
- Nurota
- Nurota davlat qo’riqxonasi
- Nurota dostonchilik maktabi
- Nurota marmar koni
- Nurota qal’asi
- Nurota tog’lari











