Nurota marmar koni

Nurota marmar koni – G’ozg’on shaharchasi yaqinidagi kon, Navoiy viloyatining Nurota shahridan 3 kilometr g’arbda, Navoiy shahridan 90 kilometr masofada joylashgan. Kon tog’ etagidagi marmar qatlamidan iborat. 1972 yildan qazib olinmoqda. Marmar o’rta va yirik kristalli, rangi oqdan kulranggacha. Ajratib olinadigan marmar bloklarida darzliklar yo’q, me’yorida yumshoq; har 1m3 dan 16-18 m2 dan ko’proq marmar plitalari olinadi. Nurota marmar konining zaxiralari 1700 ming m3 miqdorida baholangan. Nurota marmar konidan olingan marmar plitalarining sifati va chiroyli ranglari uchun Nurota marmari Parijda bo’lgan xalqaro ko’rgazmada (2000 yil) Katta oltin medal bilan taqdirlandi. Nurota marmar konida yiliga 3,5 ming m3 atrofida (2000 yil) marmar bloklari qazib olinadi.