Nurmon Abduvoy o’g’li

Nurmon Abduvoy o’g’li (1862 -Payariq tumani Enamyaxshi qishlog’i — 1940) — o’zbek xalq dostonchisi. Dehqon oilasida tug’ilgan. Qirqyoshida Abduxoliq baxshidan fotiha olib, mustaqil dostonchi sifatida el orasida taniladi. U hozirjavob baxshi bo’lgan. 20-asr boshlarida Samarqand atroflarida chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi ko’tarilgan ommaviy harakat boshlig’i namoz Pirimqul o’g’li haqida Doston yaratib, xalq orasida kuylab yurganligi uchun Kattaqo’rg’on hokimi tomonidan qamoqqa olingan (1914). Jismonan mayib (shol) bo’lib, qamoqdan chiqqan Nurmon Abduvoy o’g’li doston kuylashni kanda qilmagan. Uni muxlislari elkalarida ko’tarib, dostonchilik davralariga olib borganlar. U 20 dan ortiq an’anaviy dostonlarni kuylab kelgan. Shoirdan «Kuntug’mish», «orzigul» («Abdulla kofir»), «namoz» (parchalar) dostonlari, «Chigirtka», «Do’mbiram», «ot» singari termalar yozib olingan. Uning termalari «O’zbek folkloridan namunalar» (1935), «O’zbek folklori» (1939) to’plamlarida nashr etilgan. To’ra Mirzayev.