Nurobod
Nurobod — Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi shahar (1983 yildan). 1990 yildan «Nurobod» nomi bilan ataladi. Tuman markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Ulus (15 kilometr). Viloyat markazidan 75 kilometr. Aholisi 8,7 ming kishiga yaqin (2003). Nurobod Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Janubiy kon boshqarmasi tomonidan 1965— 70 yillarda posyolka sifatida qurilgan. Nurobodda Mar-Mar zavodi ishlab turibdi. Polietilen quvurlar ishlab chikariladi. 3 umumiy ta’lim maktabi, sanoat kasb- hunar kolleji, Navoiy politexnika bilim yurtining kechki o’quv filiali, kattalar va bolalar kutubxonalari, «konchilar» madaniyat saroyi, tuman Markaziy kasalxonasi, 2 tibbiyot sanitariya qismi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi bor. Nurobod — Ulus, Nurobod — Ketmonchi yo’nalishida avtobuslar qatnovi yo’lga qo’yilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Nurobod
- Nurobod tumani
- Nurota
- Nurota davlat qo’riqxonasi
- Nurota dostonchilik maktabi
- Nurota marmar koni
- Nurota qal’asi
- Nurota tog’lari


