[sp_wpcarousel id=”1062″]
Shuningdek o’qing: O’zbekistonning yangi tarixi
O’zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi
Liboslar tarixi
Tuzuvchilar: t.f.n. dotsent M.B.Yuldasheva, O’qituvchi: D.B.Murtazaev
Mamlakatimizda erkin demokratik jamiyatga o’tish jarayonida xalq xo’jaligining barcha sohalari bilan bir qatorda xalq ta’limi sohasida ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mustaqil O’zbekisitonning kelajagini zarur mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida 1997-yil 29-avgustda Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi va uning hayotga joriy etilishi nihoyatda buyuk ahamiyatga ega bo’lgan voqea bo’ldi.
Bizga ma’lumki, har bir tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida, turli ijtimoiy-siyosiy tub burilish yuz beradi. Bu o’zgarishlar xalqni, tinimsiz kurashlari, erk ozodlik uchun harakatlari misolida ko’zga tashlanadi. Shu nuqtai-nazardan qaraydigan bo’lsak, XXI asr bo’sag’asida O’zbekiston xalqi tarixida yangi davr boshlandi. 1991 yil 1 sentyabrda O’zbekiston o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritdi. Bu yil mustaqilligimizning 17 yilligini bayram qildik. Xalqimiz demokratik, odil huquqiy jamiyat qurish yo’lida dastlabki sinovlardan o’tib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo’lidan bormoqda. Endi uni asrash va mustahkamlash, tezda jahondagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga ko’tarish xalqimizning, ayniqsa yoshlarimizning o’z o’rniga bo’lgan mehr-muhabbatiga va milliy istiqlol uchun kurashga tayyorgarligiga bog’liq.
Darhaqiqat, qullik, tobe’lik va mustamlaka mute’ligi asorati g’oyalardan ozod bo’lish uchun milliy ongni, tafakkurni, milliy vijdonni shakllantirmoq kerak ekan, milliy ongni, milliy tafakkur va milliy vijdonni qaror toptirmoq uchun nima qilmoq kerak? Buning uchun ona xalqimizning haqiqiy tom ma’nodagi tarixini o’rganmoq kerak, o’qimoq kerak va yangisini yaratmoq kerak. O’tmish tarixini chuqur bilmasdan, kelajakni yaxshi va aniq tasavvur qilish mumkin emas. Chunki, tarix xalq xotirasi, Vatanimiz o’tmishi avlodlar sevib, e’zozlab o’rganib saboq oladigan hayot maktabidir. Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimovning, tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak deb bunday deydi: “Xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan kishining kelajagi ham bo’lmaydi” deganlari ayni haqiqatdir (Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li – Т.: O’zbekiston, 1992, 75-bet.)
Bu oliyjanob va umuminsoniy fazilatlarni ongimizda qaror toptirishimiz va shakllantirishimizda Respublika tarixining o’rni kattadir.
“Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz tariximizni tiklashumiz xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish yana bir bor qurollantirish zarur”.
Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti. Mustaqillikning buyuk mahsuli bo’lgan O’zbekiston tarixi fani uzoq o’tmishga xos jihatlari bilan ajralib turuvchi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqiyotimiz to’g’risidagi bilimlarning majmuidir. Unda ijtimoiy hodisalar va voqealar, ular o’rtasidagi muhim aloqalar va bog’lanishlar aniq voqelik bilan chambarchas holda o’rganiladi.
O’zbek xalqi O’rta Osiyodagi barcha xalqlar qatorida doimo erkinlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borganligi mazkur fanning diqat markazida turadi. Tarixning komil insonni, yuksak ma’naviyatlilikni yuzaga keltirishdagi o’rnini Prezidentimiz Islom Karimov quyidagicha belgilaydi: “Ma’naviyatni tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak”.
“Har qaysi inson – Men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kim bo’lgan? Millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqa turishi, tiklanishi, shakllanishi jarayoni qanday kechgan? degan savollarni o’ziga berishi tabiiy. Nega jahonga buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib, to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so’nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay Chor Rossiyasining o’lkamizni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham o’rni bo’lmaganmikan? (Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – Т.: 1993, 9-bet.)
Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun mana shunday savollarga duch keladi va aminmanki, to’g’ri xulosalar chiqaradi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. Takror aytaman, irodali insondir.
Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”.
Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari
O’zbek xalqining etnik shakllanishi, ilk o’rta asrlar davlatchiligi
Mo’g’ullar istilosi va ularning zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi jasorati
Turkistonning xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari
Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi va unga qarshi qurolli harakat
Sovet hokimiyati davrida O’zbekistonning ma’naviy-madaniy qaramligi va uning oqibatlari
Mustabid sovet tuzumining O’zbekistondagi qatag’onlik siyosati va uning oqibatlari