Kunjut

Kunjut (Sesamum) — kunjutdosh- lar oilasiga mansub bir va ko’p yillik utsimon o’simliklar turkumi, moyli ekin. 19 turi ma’lum. Vatani — Afrika. O’rta Osiyoga Hindistondan olib kelin- gan. Dehqonchilikda bahori ekin bo’lgan bir yillik madaniy turi — Hindiston kunjuti (S.indicum L.) Hindiston, Xi- toy, Jan-Sharqiy Osiyo, Afrika, Eron, O’rta Osiyoda va b. mamlakatlarda eki- ladi. Er yuzida K. ekiladigan maydon- lar 6,1 mln. ga, o’rtacha hosildorlik 3,9 ts/ga, yalpi hosil 2,9 mln. t (1999). O’zbekistonda 1998 y. 2,85 ming ga erga ekilgan, sug’oriladigan erdarda hosildorlik 8-10 ts/ga. K.ning o’q ildizi tuproqqa 1 m chuqurlikka kirib boradi. Poyasi tik o’sadi, bal. 50-150 sm, 4-6 ta uzun yon shoxlar chikaradi. Bargi oddiy, bandli, yakka-yakka yoki qarama-qarshi joylashgan, tukli. Guli barg qo’ltig’ida 1 — 3 ta bo’lib joylashgan, 5 bargli, gul-tojibarglari bir-biriga qo’shilgan, rangi pushti, bi- nafsha, oq, o’zidan changlanadi. Mevasi ko’sakcha, cho’ziq, yassi, tukli. Bir tupda 20-300 ko’sakcha bo’ladi. Ko’sakchasi 2 yoki 4 chanoqli. O’z. 3-5 sm. Ko’sakchasi pishganda qirralaridan chatnab, urug’i sochiladi. Bitta ko’sakchada 80 tagacha urug’ bo’ladi. 1000 dona urug’i vazni 2-5 g. Urug’ining rangi och yoki to’q jigarrang, goho oq va qora. K. issiqsevar, yorug’sevar, qisqa kun o’simligi. Urug’i 15-16° da unib chiqadi. Maysasi —g da nobud bo’ladi, o’suv davrida harorat 15° dan past bo’lsa, o’sishdan to’xtaydi. O’sish davri 90-110 (120-150) kun. K. eng qimmatli moyli ekinlardan, urugi tarkibida 65% moy, 16-19% oqsil, 16-17% azotsiz mod- dalar mavjud. K. moyi yarim kuriydi, yod soni 103-112 ga teng, zaytun moy – idan ham ustun turadi. Presslab olin- gan K. moyi iste’mol uchun, oziq-ovqat sanoatida, konserva va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, tabobat, parfyumeriyada ishlatiladi. Afrikada bargi ovqatga solib iste’- mol qilinadi. Tozalangan va maydalan- gan urug’i yuqori navli holvalar (taxin holvalar) tayyorlashda, non yopishda ish- latiladi. K. kunjarasida 40% oqsil, 8% moy bo’ladi, mollarga ozuqa sifatida be- riladi. K. sur tuproqli, unumdor, don- dukkakli ekinlardan bo’shagan erdarda mo’l hosil beradi. K. ekiladigan erga ekishdan oldin gektariga 10-15 t to’ng, 60— 80 kg fosfor, 20-30 kg azot Soli- nadi, er chuqur (25-30 sm) haydaladi, kech ko’klamda (may oyida) keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60-70 sm, ekish chuq. 3— 5 sm, ekish me’yori 1 ga erga 5-6 kg urug’ (1,5—2,0 mln. dona) ekiladi. O’suv davrida 2-3 marta kultivasiya qilinadi, ikki marta har gektarga 40— 50 kg dan azot berib qo’shimcha oziklan- tiriladi. Gullashiga qadar 1 -2 marta, gullash davrida 2 marta suv beriladi. K. pishganda sarg’ayib barglari to’kiladi, pastki ko’sakchalari oldin etiladi. Vaqtida hosil yig’ilmasa ko’sakchalar chatnab urug’i to’kilib ketadi. O’roq ma- shinasida o’rib-yig’ib olinadi, o’rilgan K. bog’lari xirmonda quritiladi, qo’lda yanchiladi. Navlari: O’zbekistonning hamma VI- loyatlaridagi tomorqa, dehqon va fermer xo’jaliklarida K.ning Toshkent 122, Se- raxs 470, Kubanes 55 navlari ekiladi. Zararkuvandalari: kunjut ko’ng’izi, tunlamlar; kasalliklari: fo’zarioz, bak- terioz, gommoz. Halima Otaboeva, Dilerom Yormatova.