Kurort, kurortlar

Kurort, kurortlar (nem. Kurort — shifobaxsh joy) — odam organizmi- ga foydali va yoqimli ta’sir etadigan tabiiy shifobaxsh vositalar (mineral buloklar, shifobaxsh balchiqlar, kulay iqlim va b.)ga ega va shu vositalarni da- volash-profilaktika maqsadida qo’llash uchun zarur shart-sharoitlar bo’lgan joy. Shunday joylarda sanatoriylar tashqil etiladi. Tabiiy davo vositala- rining xarakteriga ko’ra, balneologik (k,. Balneoterapiya), balchiq b-n davo- laydigan (q. Balchiq bilan davolash) va iqlimiy (q. Iqlim bilan davolash) K.lar farq qilinadi. Ko’p K.larda bir necha xil davo omillari (balchiqli bal- neologik, balneoiqlimiy, iqlimiy- balneologik-balchiqli) bo’ladi. Balneologik K.larda asosiy davo omili vanna, dush, basseynda cho’milish (gidrokarbovatli, vatriy sulfatli va b. suv manbalari), shuningdek, ingalyasiya, yuvish, klizma, chayish va b. ko’rinishida qo’llaniladigan mineral suvlar hisoblanadi. Toshkent mineral suvi, CHORTOK, Chimyon, Kislovodsk, Sochi va b. sanatoriylar bunga misol bo’la oladi. Balchiq b-n davolaydigan K.da suvi sho’r ko’l va limanlarning il balchig’i, sa- Propel balchig’i (suvi chuchuk ko’llarning il balchigi), torfli balchiqlar (chu- chuk va minerallashgan) ishlatiladi. O’zbekistonda, asosan, Jizzax viloyati- dagi Baliqchi ko’l balchig’idan foydala- niladi. Iqlimiy K.larda iqlim omillari- ning shifobaxsh xususiyatlari: K.ning geografik joylashishi, relefi va ta- biati b-n bog’liq. O’zbekistonda iqlimiy K.lardan Oqtosh, Chimyon va b. mashhur. K.lar joylashgan o’rniga qarab dengiz bo’yi, tog’tekislik (pastlik), o’rmon, dasht, yarim cho’l va cho’l iqlimli K.larga bo’linadi. Havo va quyosh vannalari, shuningdek, dengiz, Daryo va ko’llarda cho’milish iqlimiy K.larning asosiy davo usullaridir. O’zbekistondagi K. joylardan dastlab Toshkent viloyati- ning Yangibozor qishlog’ida qimiz b-n da- volaydigan, keyinchalik Shohimardonda (1932) o’pka silini davolaydigan sanato- riylar qurildi. Tog’iqlimiy K.lari (mas, issiq- ko’l)t ultrabinafsha nurlar ko’p, t-ra pastroq, havo toza va ionlashgan bo’ladi. Dasht K.larida yoz juda issiq va bir- muncha quruq bo’lib, bemorlar, asosan, iqlimiy omillar va qimiz b-n davolana- Di (q. Qimiz bilan davolash). K.da davolanish faqat tabiiy davo vositalaridan foydalanish emas, balki organizmning himoya kuchlarini, shuning- dek, uning noqulay ob-havo omillariga chidamini oshirishga qaratilgan zarur profilatik chora-tadbirlarni ham o’z ichiga oladi. Zaruriyatga qarab fiziote- rapevtik muolajalar, shifobaxsh fiz- kultura, parhez taomlar, dori-darmon- lar, turli giehlardan tayyorlangan shar- batlar ishlatiladi. K.larda davolash maxsus ruxsatnoma- larga binoan olib boriladi. Bemorning K.da davolanishi uchun ko’rsatma bo’lsa, unga tavsiya etilayotgan K.ning xili, davo- lash turi (sanatoriy yoki ambo’latoriya) va mazkur bemorning davolanishi uchun eng qulay fasl ko’rsatilgan ma’lumotnoma beriladi. Bu bemorga K.ga yo’llanma olish uchun asos bo’ladi. So’ngra vrach bemorga sanatoriy-K. kartasini to’ldirib bera- Di. Ba’zi kasalliklarda (sil, miokard infarkti, insult va b.) sanatoriy-K.da davolash o’rganib qolingan iqlim sharo- itlarida o’tkazilsa samaraliroq bo’ladi. K.ga borish to’g’risidagi masa-lani hal etishdan avval, albatta, davolovchi vrach b-n maslahatlashib olish kerak. Jahonga mashhur K.lardan Varva, za- kopane, Karlovi-Vari, Nissa, shuning- dek, Essentuki, Jeleznovodsk, kislo- vodsk, Pyatigorsk, Sochi, O’zR dagi Chimyon, Chortoq va b.da tabiiy davo omillari b-n davolash yo’lga qo’yilgan. Tolibjon So- birov.