Kuyovnavkar, kuyovjo’ralar
Kuyovnavkar, kuyovjo’ralar — nikoh to’yida kuyov b-n birga kelinniki- ga boruvchi yigitlar, kuyovning do’stlari, tengqurlari. Ular dastlab kuyovning uyida to’planadilar. Yigitlar to ke – linnikiga borguncha kelin eshigi oldi- da, hovlisida ashula va o’yin qiladilar (aksari karnay-surnay b-n boriladi). K.lar kuyovni o’rtaga olib, kelin uyida ziyofat dasturxoni tuzab qo’yilgan xona- ga kiradilar. K.larga ziyofat beriladi, ularga quyuq-suyuq taomlar tortiladi. Ziyofatdan so’ng K.lar kuyovga kelin to- mondan berilgan sarponi kiydiradilar. Ular to’y tantanalarini davom ettirish uchun to’yxonaga qaytadilar. Respubli- kamizning Jan. viloyatlarida ziyofat- dan so’ng, kuyov b-n kelinni chimildiqqa qirg’izish uchun 2-3 ta yigit qoldirib tarqaladilar. Xorazmning ayrim joyla- rida kuyov va K.lar to’y kuni emas, to’ydan so’ng kelinning ota-onasinikiga boradi. Respublikamizning turli tumanlarida K.lik rasm-rusumlari o’ziga xos shak- llarda saqlanib kelmoqda.