Lagranj (Lagrange) Jozef Lui
Lagranj (Lagrange) Jozef Lui (1736.25.1, Turin – 1813.10.4, Parij) — frantsuz matematigi va mexanigi, Berlin Fanlar Akademiyasi a’zosi (1759) va Prezidenti (1766— 87), Parij Fanlar Akademiyasining a’zosi (1772). Peterburg Fanlar Akademiyasining faxriy a’zosi (1776). Matematikani mustaqil o’rgangan. Turin artilleriya maktabini tugatgan va 19 yoshida shu maktabda prof. bo’lgan. 1787 yildan Parijda yashagan. Parij oliy o’quv yurtlarida professor (1795). Lagranj Eylernshlari asosida Lagranj variatsion hisobning asosiy tushunchalarini ishlab chiqdi va variatsiyalar usulini yaratdi. Uning «analitik mexanika» asari (1788) analitik va nazariy mexanika taraqqiyotida muhim o’rin tutdi. Bunda mumkin bo’lgan siljish printsipining analitik ifodasini berdi va shunga asosan statikaning asosiy masalalarini echdi. Dinamikada o’zining asosiy printsiplaridan foydalanib. istagan sistemaning harakat tenglamasini yechdi; umumlashgan koordinatalarni kiritdi.