Laringofon
Laringofon (laringo… va fon) — hiqildoqqa tegib turadigan qilib taqiladigan mikrofon; hiqildoq boylamlari va tog’aylarining mexanik tebranishlarini elektr tebraninshlariga aylantiradi. Odatda, boshga kiyiladigan shlemofon bilan birga shlem tasmalariga o’rnatilib, hiqildoqning ikki tomonida turadi. Shovqinli sharoitda, odatdagi mikrofondan foydalanib bo’lmaydigan joylarda (samolyot, tank va boshqalarda) radio yoki telefon orqali gaplashishda ishlatiladi.