Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket

Latifalar

  1. Onasi o’g’liga:
    – Hafta boshidan yangi hayot boshlamoqchimiz. Men ozishni boshlayman, dadang chekishni tashlaydi. Sen nima qilmoqchisan?
    – Men o’qishni tashlamoqchiman.

2. Yigit bilan qiz uchrashuvga chiqibdi.
Yigit juda uyatchang ekan, qiz esa uni quchoqlab o’pishini xohlab turibdi. Sal turib qiz:
– Voy, ko’zim og’riyapti.
Yigit qizni ko’zidan o’pib:
– Endi og’rimayaptimi, – debdi.
– Yo’q… Voy, bo’ynim og’riyapti…
Yigit bo’ynidan o’pib:
– Endi og’rimayaptimi?
– Yo’q.
Sal narida kuzatib turgan bir chol kelib yigitga:
– O’g’lim gemoroyni ham davolaysanmi?, – dermish.

3. Er xotin kafeda o’tirsa. Bir qiz kelib erini bir o’pib, qaytib ketibdi.
Xotinini jahli chiqib:
— Kim u? Nimaga sizni o’padi?, – desa
— O’chir ovozingni! Hali unga ham tushuntirishim kerak seni kimligingni.

4. Bir yigit o’z xonadonida o’tirgan edi. Eshik qo’ng’irog’i jiringlabdi. Eshikni ochib qarasa, bir qiz turibdi.
Yigit:
— Keling, xizmat? – desa,
Qiz:
— Kechirasiz, men ro’paradagi uydanman. Siz har kuni durbinda meni kuzatib turgan xonadonda yashovchi qizman. Ayting-chi, kecha men telefonimni naushniklarini qayerga tashlab ketdim? – dermish.

5. — Allo, bu tez yordammi?
— Ha, bu tez yordam.
— Xotinim napitka deb o’ylab baklashkadagi benzinni ichib yuboribdi, hozir ichi qizib hovlida yugurib yuribdi.
— Xavotir olmang 10 kmdan keyin benzin tugasa o’zi to’xtaydi.

6. Afandining yoshlikdan birga o’sgan do’sti bor edi. Yillar o’tib shu do’sti katta mansabga ko’tarildi. Afandi uni amaldorlik lavozimi bilan tabriklash uchun mahkamaga kirib bordi. Do’sti Afandi bilan ko’rishish o’rniga:
— Sen kimsan, nima ish bilan kelding!— deb do’q urdi.
— Meni tanimaysanmi, yoshlikda yong’oq o’ynab o’sgan do’sting bo’laman. Seni ko’r bo’lib qolibdi deb eshitib, ko’ngil so’ragani keldim,— dedi Afandi.

7. Qurilishda ishlaydigan bir yigit doktorga boribdi.
— Doktor, yordam qiling. Ichim qotib qolganmi, bilmayman, hech hojatga chiqa olmayapman.
— Ho’sh, qani shimingizni yechib engashingchi.
Yigit engashibdi. Doktor:
— Haaaaa, tushunarli, – deb xonasida turgan bir tayoq bilan yigitni ketiga qattiq uribdi:
— Ana endi choping hojatxonaga.
Biroz vaqt o’tib, yigit xursand holda qaytib kelib:
— Doktor, sizga katta rahmat. Qushday yengil bo’ldim. O’zi nima bo’lgan ekan, tushunmay qoldim.
— Hech narsa bo’lmagan, faqat bundan keyin ish vaqtida hojatga borsangiz, ketingizni bo’shagan tsement qopiga artmang.

8. Bir yigit og’aynisini uyida ujas kino ko’rib turib, soatiga qarasa 23:55mish.
— Kech bo’lib ketibdi-ku, og’ayni meni katta yo’lgacha kuzatib qo’ysangchi, – debdi.
Yarim yo’lga yetmaslaridan mehmon tomda turgan sharpani ko’rib qolibdi. Sharpa huddi qiz bolaga o’xsharmishu, yuziga qanaqadir nur tegib turganmish. Mehmon:
— Og’ayni orqaga qaytamiz, qara tomni tepasida vampir bor ekan, – desa
Og’aynisi tomga qarab:
— Bu vampir emas, qo’shnimizni qiziku. Telegram’ga kiraman deb antenna qidiryapti, – dermish.

9. Ikki GAI xodimi yo’lda zerikib turishgan ekan. Bir aravakash boboy ko’rinib qolibdi.
Gaishniklar hazillashmoqchi bo’lib boboyni to’xtatishibdi.
— Otaxon, hujjatlaringizni ko’rib qo’yaylikchi.
Shunda otaxon qamchisi bilan otni dumini ko’tarib:
— Bardachokda edi, olaqol!!!

10. Qiz bilan yigit birinchi bor uchrashgani chiqishibdi. Yigit qizni muzqaymoq bilan mehmon qilibdi. Ikkalasi indamay muzqaymoq yeyayotgan ekan, qiz yigitdan so’rabdi:
— Nega gapirmay indamay o’tiribsiz, nimalar haqida o’ylayapsiz?
— O’sha siz o’ylayotgan narsalar haqida o’ylayapman.
— Voy, uyatsiz, uyalmaysizmi to’yimiz bo’lmay turib, shunaqa narsalar haqida o’ylagani?

11. Mashhur o’g’riga jurnalist savol berdi:
— Eng buyuk orzuyingiz nima?
— Shveytsariya bankini tunab, bankda qaynonamni barmoq izlarini qoldirish, – dermish.

12. Bir qiz ko’chada ketayotib yo’lovchi yigitdan:
-Aka aytolmaysizmi,roddomga qaysi yo’l bilan boraman? Yigit:
-Turmushga chiqish yo’li bilan.

13. Shogird ustozidan so’rabdi:
— Ustoz, bizning futbolchilar hujumda yaxshi o’ynaydimi, yo himoyada?
Ustoz
— Eh bo’tam bizning futbolchilar to’yda zo’r o’ynaydi, to’yda. – dermish.

14. Qizi:
— Ada, men do’stimni uyiga dars tayyorlagani ketyapman.
Otasi:
— O’yda o’tir! Hech qayerga bormaysan! Onang ham 15 yil oldin biznikiga dars tayyorlagani kelgan edi, haligacha ketkazolganim yo’q!

Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket