Leon

Leon — Nikaraguaning g’arbiy qismidagi shahar. Leon departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 171,3 ming kishi (1995). Mamlakatning yirik savdo va muhim madaniyat markazi. Temir yo’l tuguni. Oziq-ovqat (qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash) sanoati korxonalari, mebel fabrikasi mavjud. Qishloq xo’jalik rayonining (paxta, shakarqamish, chorvachilik mahsulotlari) savdo markazi. Milliy universitet (1812) bor. Shaharga 1524 yilda asos solingan. 1609 yildagi zilziladan vayron bo’lgan. 1857 yilgacha mamlakat poytaxti edi. Tarixiy me’moriy obidalar saqlangan.