Long-Bich
Long-Bich – AQShning g’arbiy qismidagi shahar, Kaliforniya shtatida, Tinch okean sohilida. Aholisi 461,5 ming kishi (2000). San-Pedro qo’ltig’idagi port (yillik yuk ortib-tushirish 45 million tonna atrofida). Baliq ovlash floti bazasi. Neft olinadi va qayta ishlanadi. Asosiy sanoat tarmoqlari — raketa-kosmik va aviatsiya sanoatlari. Avtomobilsozlik, kemasozlik, metallsozlik, neft kimyosi, oziq-ovqat sanoati korxonalari, Kaliforniya universiteti filiali bor. Iqlim kurorti. Harbiy dengiz bazasi.