Lord

Lord (inglizcha Lord) — 1) o’rta asrlarda Angliyada dastlab yer egalarining nomi, keyinchalik ingliz oliy dvoryanlarining umumlashma unvoni. Britaniya parlamentida lordlar palatasini tashkil etuvchi Qirollik Per (Frantsiya va Angliya oliy zodagonlari vakillarining nomi)lariga berilgan. 19-asrdan fan va madaniyat arboblari unvoni; 2) Buyuk Britaniyadagi ba’zi mansablarning tarkibiy qismi (masalan, Lord -kantsler — lordlar palatasining Raisi, Lord -mer — London hamda boshqa yirik shaharlarda mahalliy hukumat idoralari boshlig’i).