Madaniy g’o’zalar

Madaniy g’o’zalar – ekib keli- nayotgan, qimmatli xo’jalik belgilariga ega g’o’za turlari. Tabiatda ma’lum bo’lgan 50 tur g’o’zadan 4 tasi madaniylashtiril- gan: Hindixitoy g’o’zasi (G.arboreum L.), Afrika-Osiyo g’o’zasi (G. herbaceum L.), Meksika g’o’zasi (G. hirsutum L.), Peru g’o’zasi (G. barbadense L.). G’o’zaning mada- niy shakllari yovvoyi turlardan tabiiy tanlanish va sun’iy tanlash, qulay yashash sharoiti hamda evolyusiya jarayonida odam mehnati va ongli faoliyati tufay- li paydo bo’lgan. Bitta turning o’zi (mas, Peru g’o’zasi yoki Meksika g’o’zasi) yovvoyi va madaniy shakllarda uchraydi. G’o’zaning qadimiy yovvoyi shakllarini mada- niylashtirish, paxtachilikning paydo bo’lishi va rivojlanishi dunyoning turli mintaqalarida yashovchi xalqlarning har qaysisida mustaqil ravishda boshlangan. Eng avval Hindistonning shim.-g’arbida tarqalgan daraxtsimon g’o’zalar — Gossi- pium arboreum madaniylashtirildi. Af- Rikaning Jan,-Sharqiy qismida o’tsimon g’o’za — Gossipium xerbatseum madaniy- lashtirildi. Keyinchalik u Afrika va Osiyoning ko’p mamlakatlariga tarqaldi (Afrika-Osiyo g’o’zasi deb atalishi shun- dan). Meksikaning Jan.da qadimiy in- deys qabilalarining dehqonlari oddiy g’o’za — Gossipium xirzitumni madaniy- lashtirdi (shuning uchun Meksika g’o’zasi deb yuritiladi, uni Markaziy Amerika g’o’zasi deb ham atashadi). G’o’zaning bu turi g’o’za ekiladigan barcha mamlakat- larda juda keng tarqalgan. Peruda gos- sipium barbadenze madaniylashtirildi. Shuning uchun Peru g’o’zasi deb yuritiladi (uni Jan. Amerika g’o’zasi deb ham ata- shadi). Hoz. tarqalish darajasi bo’yicha Peru g’o’zasi Meksika g’o’zasidan keyin 2-o’rinda turadi. M.G’. polimorfizmining kengligi, kattaligi b-n ajralib turadi. Ular kat- ta hududlarda tarqalib, turli xil yangi shakllar paydo qildi va natijada juda murakkab ekotip, nav tipi hamda na- Vlar majmuini tashkil etdi. Madaniy va madaniy-tropik shakllarning yovvoyi holda o’sadigan avlod-ajdodlaridan aso- siy farqi shundaki, ular o’sish sharoiti- da, ayniqsa, suv ta’minotiga nihoyatda talabchan, shoxlari simpodial tipda, ko’saklari va ularning qismlari yirik, tolasi oq. Ad.: Jukovskiy P.M., Kulturnie rasteniya i IX sorodichi, 3-e izd. 1971 ; G’o’za, T., 1957; ter. Avanesyan D. V., Xlop- chatnik, L., 1973; Abdullaev A. A., Omel- chenko M. V., G’o’za turlari. T., 1977. Abdumavlon Abdullaev.