Madl Ferents

Madl Ferents (1931.29.1, Vesprem viloyatining Bend qishlog’i) — Vengriya davlat arbobi. Falsafa va huquq fanlari Doktori. Budapesht universitetining huquq fakultetini tugatgan (1955). 1963-71 yillarda Vengriya Fanlar Akademiyasi qonun chiqarish va davlat instituti xodimi, 1978 yildan Budapesht universiteti huzuridagi fuqarolik huquqi instituti, 1985 yildan universitetning xalqaro xususiy huquq fakulteti rahbari, 1990 yildan Vengriya hukumatining fan sohasidagi siyosatini muvofiqlashtirish bo’yicha vakolatsiz raisi, 1993 yil Fevraldan Vengriya madaniyat va ta’lim vaziri, madaniyat qadriyatlarini qaytarish bo’yicha qo’mita raisi, 1994 yildan Milliy madaniyat jamg’armasi rahbari, 1996 yildan Fuqarolar hamkorligi assosiasiyasi raisi; ayni vaqtda 1990-93 yillarda Davlat mulki bo’yicha Vengriya agentligi boshqaruvi rahbari, banklar faoliyatini nazorat qilish bo’yicha Vengriya davlat boshqarmasi rahbari. 2000 yil 6 iyundan Vengriya Respublikasi prezidenti. Garvard huquq akademiyasi, Vengriya Fanlar Akademiyasi haqiqiy a’zosi.