MAHDIYCHILAR QO’ZG’OLONI

MAHDIYCHILAR QO’ZG’OLONI -Sudanda ingliz mustamlakachilari, Turkiya, Misr hukmronligiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon (1881-98). Unga mahdiylik asoschisi Muhammad Ahmad Maxdiy (uning o’limidan key- in Abdulloh ibn al-Said Muhammad; 7-1899) rahbarlik qilgan. Qo’zg’olon jarayonida mahdiychilar mamlakatning ko’p qismini egallashgan. Sudanning Jan. dagi qabilalar ham qo’zg’olon ko’tarib, chet el qo’shinlarini quvib chiqarishda qo’zg’olonchilarga yordam berganlar. Tez orada butun mamlakatdan chet el ARMi – yasi siqib chiqarilgan. Qo’zg’olon davrida mustaqil markazlashgan davlat vujudga kelgan. Hoz. Sudan Respublikasining deyarli butun xududi mahdiychilar dav- lati tarkibida bo’lgan (1885). Bu davlat 15 yil hukm surgan. Davlat daromadlari xalqdan olinadigan soliklar, qul savdo- si, fil suyagini eksport qilish va harbiy o’ljalar bo’lgan. 1896 y.da Angliya katta kuch b-n mahdiychilar davlatiga bosti- rib kirgan. 1898 y. 2 sent.da Omdurman jangida mahdiychilar armiyasi ingliz qo’shinlari tomonidan tormor qilingan. Sudan amalda ingliz mustamlakasiga ay- lanib qolgan.