Mahmudov Ravshan
Mahmudov Ravshan (1925, Samarqand tumani — 1943) — 2-jahon urushi qatnashchisi. Markaziy front 61-armiyaning 415-o’qchi diviziyasi o’qchisi. 1943 yil 27 sentabrda Chernigov viloyatining Repki rayonidagi Zmei xutori yaqinida birinchilardan bo’lib Dnepr daryosini kechib o’tgan, jangchilarni 3 marta hujumga boshlagan, o’ng sohildagi plasdarmni saqlab qolish uchun bo’lgan jangda halok bo’lgan. 1944 yil 15 yanvarda Qahramon (vafotidan so’ng) unvoniga sazovor bo’lgan.