Mahmudov Mahtumquli Xudoyberdiyevich

Ma’nosi

Mahmudov Mahtumquli Xudoyberdiyevich (1969.29.7, Angor tumani) — kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, «O’zbekiston iftixori» (2000). 10 yoshidan kurash bilan shug’ullanadi. Mahmudov Toshkent avtomobil-yo’llar institutini tugatgan (1992). At-Termiziy xotirasiga bag’ishlangan xalqaro musobaqalarning bir necha bor g’olibi (1995, 1997, 1999). 73 kilogramm vaznda O’zbekiston chempioni (2000, Samarqand), jahon chempionati bronza medali sovrindori (1999, Toshkent), jahon chempioni (2000, Antaliya).

O‘xshash so‘zlar

M harfi: barcha so‘zlar