Mahram

Mahram-tarixiy etnografik atama, o’zaro yuz ko’rishuvchi mumkin bo’lgan erkak va ayol, eng yaqin qarindoshlar. Shariat qoidalariga ko’ra ayol kishiga er, ota-ona, aka-uka, amaki, buva, tog’a, qaynota, buva qaynota, qayni, qaynag’a, erining to’gasi, qaynataning aka-ukalari mahram hisoblangan. Odatda, ayol kishi mahramdan yuzini bekitmagan. Ukaning xotini qaynag’asiga “kelin” bo’lganligi sababli uka o’lsa aka uning xotiniga uylana olmagan. Uka vafot etgan akasining xotiniga uylana olgan. Er yoki xotin o’lsa, o’sha vaqtdan e’tiboran nikoh kuchdan qolgan va er-xotin bir-biriga nomahram hisoblangan. Ayol kishi o’lsa uni qabrga nomahram kishilar qo’ygan, balki o’g’il, yo aka-uka, tog’a yoki marhum tiriklik vaqtida vasiyat qilgan kishi qo’ygan. Shuningdek, mahram sirdosh, sidqidildan xizmat qiluvchi ma’nolarida ham ishlatiladi.