MAJBURIY TA’LIM

MAJBURIY TA’LIM – O’zbekistonda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplaridan biri. Bu printsipga ko’ra, muayyan yoshdagi barcha bolalar umumiy o’rta ta’lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo’nalishini tanlash huquqi asosida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari davlat tomonidan qonun asosida majburiy tarzda amalga oshiriladi.