Major, majarlar

Major, majarlar — o’zbek urug’laridan biri. Major 19-asr oxiri — 20-a.sr boshlarida Samarqand atrofidagi tog’yon bag’irlarida va Narpay arig’i bo’ylarida, Shahrisabz vohasida yashagan. 1924-26 yillardagi aholi ro’yxatida 3 ming kishi bo’lganligi qayd etilgan. Bundan tashqari, o’zbek saroylar tarkibiga kirgan urug’lardan birining nomi Major (majorsaroy) bo’lgan. Ba’zi olimlar o’zbeklar tarkibidagi Majorlarning ilk ajdodlari qadimdan Kama daryosi bo’ylarida yashab, keyinchalik vengerlar etnogenezida muhim rol o’ynagan mad’yar qabilalari bilan aloqador bo’lsa kerak deb hisoblaydilar.