Makedoniya
Makedoniya, qadimgi Makedoniya — Bolqon ya.o.dagi qad. davlat (mil. AV. 5— 2-a.lar). 4-a.ning o’rtalarida podshoh Filipp ІІM. hududlarini bir- lashtirgan, 359 y.dan 338 y.gacha Fokida, Fessaliya, Xalqidika, Frakiya va b.ni qo’shib olgan. 338 y.da Filipp II Xeroneya yaqinida yunon polislarining Birlashgan qo’shinlarini tormor keltirib, butun Yunonistonni M.ga bo’ysundirgan. Uning o’g’li Aleksandr (336-323 y.da podshox- lik qilgan) otasining bosqinchilik si- yosatini davom ettirib, Axomaniylar davlatiii bosib olgan va yirik mo- narxiya barpo qilgan. Hoz. O’rta Osiyo hududi ham unga tobe bo’lgan. Mustahkam bo’lmagan bu monarxiya Aleksandr o’limidan so’ng tezda parchalanib ketgan. M. qo’l ostida faqat Yunoniston qolgan, u ham 229 y. ko’pgina kurashlardan keyin mustaqillikka erishgan. M.ning o’zida esa taxt uchun diadoxlar o’rtasidagi ku- rashlar natijasida antigoniylar Su- lolasi qaror topgan. Rim b-n bo’lib o’tgan Makedoniya urushlari (215-205, 200-197, 171 — 168) natijasida M. to’la mag’lubiyatga uchragan va mil. AV. 148 y. Epir va Jan. Illiriya b-n birgalikda Rim viloyatiga aylantirilgan.