MAKROIQTISODIY MODEL
MAKROIQTISODIY MODEL – iqtisodiymatematik modellarning uzviy qismi, butun iqtisodiyotni va uning eng muhim tarmoqlari, sektorlari, sohalari rivojlanishini matematik shaklda aks ettiruvchi iqtisodiymatematik model. M.m. iqtisodiyotni yagona tizim sifatida ifodalab, uning umumlashtirilgan mod- diy va moliyaviy ko’rsatkichlari: yalpi ichki mahsulot, iste’mol, investisiya, bandlik, foiz stavkalari, pul miqdori va b.ning o’zaro bog’liqligini ko’rsatadi. M.m.ni tuzishning asosiy maqsadi makroiqtisodiy bog’lanishlardan iborat turli hodisalarni soddalashtirilgan shaklda ifodalash orqali uning echimi- ni topishdir. M.m. tuzish jarayonida o’rganilayotgan hodisanyng muhim omil- lari aniqlanib, echilishi kutilayotgan muammo uchun muhim bo’lmagan jihatlar tushirib qoldiriladi. M.m. tuzish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: a) tadqiqotning predmeti va maqsadi soddalashtirilgan holda belgilanadi; b) kuzatilayotgan makroiqtisodiy ti- zimning maqsadga muvofiq tarkibiy va funktsional unsurlari ajratib olinib, ularning eng muhim sifat tavsiflari aniqlanadi; v) M.m. unsurlarining o’zaro bog’lanishi, ketma-ketligi belgilanadi va uning matematik modeli keltirila- Di; g) matematik modelda hisobkitoblar amalga oshiriladi va olingan natija tahlil qilinadi. M.m. nazariy tadqiqot sifatida sinov va asoslashni talab eta- Di. Jamlangan statistik ma’lumotlarni M.m.ga tushirish ehtimoldagi makro- iktisodiy oqibatlarga oldindan baho berish im-konini beradi. Tarmoklara- ro balans, davlat daromadlari va xara- jatlari balansi, to’lov balanslarini hisoblash M.m.ga misol bo’la oladi. Shonazar Ermamatov.