MAKROSPORIOZLAR
MAKROSPORIOZLAR – o’simliklarning keng tarqalgan zamburug’li kasalliklari. Zararlan- gan o’simlik poya va barglarida turli shakl, tus va kattalikda qora g’uborli dog’ (ulik hujayra)lar paydo bo’ladi. Macrosporium avlodiga mansub har xil tur zamburug’lar vujudga keltiradi. Konidiyalar b-n tarqaladi. G’o’za M.ida qo’zg’atuvchisi M.nigricantum) er ustki organlari: urug’barg, ko’sak, tola, shu- ningdek, bar-glar, barg bandlari, gulyon- barglari zararlanadi. Urug’palla, chin- barglarda to’q-yashil, diametri 0,5—5 mm li dog’lar paydo bo’ladi, so’ngra ular kat- talashib, noto’g’ri shaklli qo’ng’ir tusga kiradi. Kasallangan barglar quriydi va to’kiladi. M. b-n ingichka tolali g’o’zalar kuchliroq kasallanadi. Hosil 20— 39% gacha kamayishi mumkin. Kanop, kanakun- jut va b. o’simliklar M.i ham uchraydi. Kartoshka va pomidorda bu kasalliklar- ni M.solani zamburug’i qo’zg’atadi. Kar- toshka M.ida qora dog’lar o’simlik b-n birga tuganagida ham paydo bo’ladi. Pa- lagi qurib qoladi. Pomidor M.ida bar- glarda yumaloq yoki burchakli, poyalarida bo’ylama, mevasida qora g’uborli jigar- rang dog’lar yuzaga keladi. Bunda poya va me- valar chiriydi. Tok M.sida (qo’zg’atuvchisi M.vitis) uzum boshlari va g’ujumlari ban- dida yashil g’uborli dog’lar hosil bo’ladi. G’ujumlar irib yoki qovjirab qoladi. Kurash choralari: chuqur kuzgi shudgor; kasal nihollarni yulib tashlash; begona o’tlarni yo’qotish, ortikcha sug’ormaslik, zararkunanda, hasharotlarga qarshi Mun- tazam kurash olib borish; kasallik bel- gilari ko’ringanda o’simliklarga 1 % li Bordo suyukdigi yoki TSI-Nebning 1%li suspenziyasi purkaladi. Sulton Alimuhamedov.