Mannopov Sultonali

Mannopov Sultonali (1948.1.1, Quva tumani) — xonanda, dirijyor. O’zbekiston xalq artisti (1999). Far- gona ped. in-tini tugatgan (1974). Xo- nandalik san’ati sirlarini T. Qodirov, M. Madaliev kabi ustozlardan o’rgangan. Farg’ona davlat untida o’qituvchi (1974— 78), kafedra mudiri (1992 y.dan), prof. (2001 y.dan); Farg’ona viloyati musiqali drama va hajviya teatrida xormey- ster, direktor (1978-88), bosh dirijyor (1978-88; 2001 y.dan), Farg’ona viloyati filarmoniyasida yakkaxon xonanda, ba- diiy rahbar (1988-2001). Ijro dastu- ridan «Ushshoq», «Bayot», «Qalandar», «Abdurahmonbegi» kabi mumtoz ashula turkumlari, «Bog’aro», «kirib bo’stonni kezdim» kabi katta ashulalar, yallalar («Ul kun jonon», «ul parivash» va b.), za- monaviy ba-stakorlar yaratgan («gulzorga qarasam», A. Ismoilov; «Vatanni sevmoq iymondandur», K. Soliev va b.), shuning- dek, uzi bastalagan («Qalandar ishqi», «Vodiy taronasi», «O’zbekistonim», «Kelsa Sanamim» va b.) asarlar urin olgan. O’zbek musiqasi mavzuidagi il- miy-ommabop va badiiy risolalar («An’-anaviy qo’shiq ijrosi», «tavak- kal Qodirov», «so’nmas navolar» va b.) muallifi.