Marg’iyona

Marg’iyona (Yun., qadimgi fors- cha Margush, Avestoda — Mouru, o’rta forschada — Marv) — O’rta Osiyodagi katta tarixiy madaniy viloyat. Murgob daryosining o’rta oqimidagi hududlar va Marv vohasi (Turkmaniston)dan iborat bo’lgan. M. hududida — eneolit davri- da ibtidoiy odamlar yashagan. Mil. AV. 2-ming yillik boshlarida Murg’obning yuqori havzasida qad. Dehqonchilik markazi (kallali vohasi) vujudga kel- gan, bu erda atrofi minorali mudofaa devori b-n o’ralgan yirik qishloqlar paydo bo’lgan. Ilk temir davri (mil. AV. 1ming yillik boshlarida viloyatni o’zlashtirish davom etgan. Yirik sug’orish tizimlari barpo qilingan, sun’iy ba- Land tepaliklar ustiga qurilgan qo’rg’on (qal’a)li qishloqgsar paydo bo’lgan (yoz- tepa, Arvalitepa), ular kichik mulklar- ning markazi sanalgan. Mil. AV. 1ming yillik o’rtasida viloyat markazi Jan.ga, Erkqal’a va Gabr qal’a o’rniga ko’chgan, bu erda M.ning poytaxt shaxri — qad. Marv bunyod etilgan. M.ni axomaniy- lar davlati tomonidan bosib olinishi (mil. AV. 6-a. 2-yarmi) Frada boshchili- gidagi Martena qo’zg’oloninn keltirib chiqargan. Qo’zgolon Doro hukmronligi (mil. AV. 521-486)ning dastlabki yil- larida ayovsiz bostirilgan. M. Baktriya satrapligi tarkibiga kiritilgan. Mil. AV. taxm. 329 y. M. Aleksandr tomonidan bosib olingan. Aleksandr bu erda (Gabr qal’a o’rnida) Aleksandriya sh.ga asos solgan. Mil. AV. 4-a. oxiridan mil. AV. 3-a. o’rtalarigacha M. Salavkiylar davla- tiga tobe bo’lgan. Viloyat markazi qilib Marg’iyonadagi Antioxiya sh. olingan. Yunon-Baqtriya podsholigi barpo etil- gach, M. ma’lum vaqt uning satrapiyalari- dan biri bo’lgan. Mil. AV. 2-a. ning 2-yar- mida M. Parfiya tarkibiga kirgan. Mil. 1-a.ning 2-yarmidan — 3-a. boshigacha bu erda mahalliy shoh Sanobarning avlod- lari sulolasi qaror topgan. Mil. 3-a. 2-choragidan — 4-a. o’rtasigacha M. Soso- niylar davlatita bo’ysungan. 651 y. M.ni arablar fath etgan. Ad. Avesto [Yashtkitobi] (Ishoqov M. tarjimasi), T., 2001; O’zbekiston dav- latchiligi tarixi ocherklari, T., 2001;Sagdullaev A., Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1996.